BOLALARGA PROFILAKTIK EMLASHLAR QACHON VA QAYSI KASALLIKLARGA QARSHI O‘TKAZILADI?

O‘zbekistonda bolalar profilaktik emlashlar milliy kalendariga muvofiq quyidagi kasalliklarga qarshi emlanadi: 🔹 1 sutkalikda — VGB-1: virusli gepatit Bga qarshi. 🔹 2–5 kunlikda — BSJ-1: silga qarshi. 🔹 2 oylikda — OPV-1, Rota-1, Pnevmo-1 va Penta-1. Ular poliomiyelit, rotavirus infeksiyasi, pnevmokokk infeksiyasi, shuningdek difteriya, ko‘kyo‘tal, qoqshol, gepatit B va b turidagi gemofil infeksiya (XIB)ga qarshi […]
