Prezidentimiz tibbiyotga katta orzular bilan kirib kelayotgan yoshlarga ishonch bildirdi.

– Orangizdan kelajakning buyuk shifokorlari, olimlari va kashfiyotchilari chiqishiga ishonaman! Bizning vazifamiz ana shu iqtidorlarni kashf etish, ularga ishonish va orzularini ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyat yaratishdan iborat, – dedi mamlakatimiz yetakchisi. Shu maqsadda “Tibbiyot novatorlari” milliy hamjamiyati tashkil etildi. Mazkur platforma talabalar, yosh shifokorlar, olimlar, tajribali ustozlar va xorijdagi vatandoshlarni birlashtiradi. Uchrashuvda davlatimiz rahbari so‘zni […]
Davlatimiz rahbari sohada ta’lim, qurilish va sanitariya-gigiyena, bemorlar xavfsizligi hamda xodimlar madaniyatini qamrab oladigan “Yangi O‘zbekiston tibbiyot standartlari” joriy etilishini ma’lum qildi.

– Har qanday inson poliklinikaga kirganda, avvalo, ozodalikni, tartibni, madaniyatni ko‘rishi kerak, – dedi Prezidentimiz. Shu bois, birlamchi bo‘g‘in tibbiyot xodimlari bosqichma-bosqich maxsus kiyim-bosh bilan bepul ta’minlanadi. Joriy yil ilk bor tuman bo‘g‘inidagi eng yaxshi shifokor va hamshira nominatsiyalari bo‘yicha viloyat tanlovlari o‘tkazilmoqda. G‘oliblar 30 million so‘mdan mukofotlanadi. Kelasi yil rag‘bat yanada kuchaytiriladi: viloyat bosqichida […]
Prezidentimiz tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi o‘zgarishlarda 800 mingdan ziyod xodimning munosib hissasi borligini ta’kidladi.

Yaqinda soha fidoyilarining bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirlash haqida farmon imzolandi. Ular orasida tibbiyot xodimlari bilan birga tadbirkorlar va xorijlik hamkorlar ham bor. Uchrashuvda mamlakatimiz yetakchisi davlat mukofotlarini o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi. Inson salomatligini asrash, ilg‘or ilmiy ishlanmalar va davolash usullarini joriy etishda barchaga o‘rnak bo‘layotgan tibbiyot xodimlari uchun alohida davlat mukofotini ta’sis […]
Tibbiyotni raqamlashtirish bo‘yicha ishlar xususiy klinikalar va dorixonalarni ham qamrab olmoqda.

– Yaqinda bu tizimni sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan yanada boyitib, shifokor va hamshiralarning haqiqiy ko‘makchisiga aylantiramiz, – dedi davlatimiz rahbari. Farmatsevtika tovarlarining 70 foizini ichki imkoniyatlar hisobidan qoplash maqsad qilingan. Shu bois, so‘nggi yillarda 1 milliard dollarlik 330 ta yangi quvvat ishga tushirildi. “Toshkent biofarm siti” klasteri, Andijon, Namangan, Jizzax va Toshkent viloyatida farmatsevtika erkin […]
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashuvi boshlandi.

Davlatimiz rahbari ularni yaqinlashib kelayotgan kasb bayrami bilan tabriklab, mehnati uchun minnatdorlik bildirdi. – Oilasining baxtini ko‘rish, halol mehnat qilib, orzulariga yetish, umrini mazmunli o‘tkazish uchun odamga, avvalo, sog‘liq kerak. Shu bois, inson salomatligini asrashni islohotlarimizning eng muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilaganmiz, – dedi Prezidentimiz. So‘nggi o‘n yilda mamlakatimizda 10 million aholiga xizmat ko‘rsatadigan yangi […]
