9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

9-dekabr – BMT Bosh Assambleyasining tegishli qaroriga ko‘ra, har yili Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida keng nishonlanadi.

Korrupsiya – iqtisodiy jinoyat bo‘lib, u davlat boshqaruvi ochiqligini zaiflashtiradi, jamiyatda ishonchni pasaytiradi, tengsizlikni kuchaytiradi va barqaror rivojlanishga jiddiy to‘siq bo‘ladi. Shu sababli, ushbu sana butun dunyo mamlakatlarini ushbu xavfli illatga qarshi faol, tizimli va hamkorlikda kurashishga chaqiradi.

2004-yildan boshlab, mazkur kun munosabati bilan turli mamlakatlarda OAV orqali axborot berish, jamoatchilik o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish, davlat idoralarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasida ham korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha alohida bo‘lim tashkil etilgan bo‘lib, tizimda bu kabi illatni bartaraf etish, xizmat intizomini mustahkamlash, ochiqlikni ta’minlash va «qonun ustuvorligi» tamoyilini amalda tatbiq etish maqsadida ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, profilaktik va huquqiy tushuntirish ishlari, mas’ul xodimlar ishtirokida seminar va davra suhbatlari o‘tkazilib, xodimlarda huquqiy madaniyat va mas’uliyatni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Unutmang! Korrupsiyaga qarshi kurashish – har bir fuqaro, tashkilot va davlatning umumiy burchi. Shaffoflik, qonunga hurmat va halollik tamoyillariga amal qilish orqali jamiyatda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik mumkin.

 Sanepidqo’mita Axborot xizmati

So’ngi yangiliklar

E’lon!

Hurmatli tadbirkorlar va fuqarolar! ‼️2026-yil