O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2024-yil 25-yanvardagi 8-sonli buyrugʻiga 7-a-ilova
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasi to‘g‘risida namunaviy
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
- Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻg‘risida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-son qarori, “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoni, Qo‘mitaning “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi
faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2023-yil 11-iyuldagi 32-son buyrug‘iga muvofiq ishlab chiqilgan. - Ushbu Nizom Qo‘mita Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining (keyingi oʻrinlarda – Boshqarma) O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasining (keyingi o‘rinlarda – Laboratoriya) vazifalari, huquqlari va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish va hisobdorligini belgilaydi.
- Laboratoriya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, boshqa
normativ-huquqiy hujjatlar, Qo‘mitaning qarorlari, buyruq va ko‘rsatmalariga, shuningdek mazkur nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
2-bob. Laboratoriyaning vazifalari
- Quyidagilar Laboratoriyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning mikrobiologik tekshiruv usullarini zamon talabi asosida yanada takomillashtirish;
aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklar kelib chiqish sabablarini monitoringini olib borishda va ularni tarqalishini oldini olish bo‘yicha ogohlantirish, yuqumli kasalliklarni kamaytirish, tashqi muhitni sog‘lomlashtirish, epidemiyaga qarshi kompleks chora-tadbirlarni tashkillashtirish;
Laboratoriya faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va laboratoriya tekshiruvlarini samarali o‘tkazish;
Laboratoriya faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
3-bob. Laboratoriyaning huquq va majburiyatlari
- Laboratoriya quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi hududlarida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni kirib kelishi va tarqalishini oldini olishda tashqi muhit obyektlarida sanitariya muhofazasini o‘rnatish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning mikrobiologik tekshiruv usullarini zamon talabi asosida yanada takomillashtirish;
faoliyatga oid hujjatlarni ishlab chiqish, aholini sanitariya madaniyatini oshirish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi, shuningdek sanitariya-epidemiologiya masalalarida xotirjamlikni ta’minlash bo‘yicha keng qamrovli tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borish;
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash masalalalarida hududiy tashkilotlar, shuningdek, boshqa laboratoriya komplekslari bilan o‘zaro muloqotni ta’minlash;
o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘yicha vaziyat murakkablashgan holatlarda epidemiyaga qarshi nazoratni takomillashtirishda ishtirok etish;
o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning profilaktikasi bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqishda qatnashish;
o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriya tashxisoti masalalari bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar loyihasini ishlab chiqish jarayonida ishtirok etish;
o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriya tashxisoti bo‘yicha ichki va tashqi nazoratni kuchaytirish.
- 6. Laboratoriya quyidagi majburiyatlarga ega:
Laboratoriya xodimlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatni tashkil etish, texnika xavfsizligini kafolatlash;
Laboratoriyaning moddiy-texnik bazasini zamonaviy tibbiy texnikalar va eng yangi texnologiyalar bilan mustahkamlanishini nazorat qilish;
Laboratoriyaning mulkidan maqsadli foydalanilishi va ularning talab darajasida saqlanishini ta’minlash.
4-bob. Laboratoriya faoliyatini tashkil etish va hisobdorligi
- Laboratoriya Boshqarmaning tarkibiy qismi hisoblanib, o‘z faoliyatida funksional vazifalari bo‘yicha yoʻnalish boʻyicha Boshqarma boshligʻi oʻrinbosariga bo‘ysunadi.
- Laboratoriya o‘z faoliyatini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boradi.
- Laboratoriya xodimlari faoliyatini lavozim yo‘riqnomalari, Boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlangan ish rejalari asosida olib boradi.
- Laboratoriyadagi lavozimlarida (Laboratoriya mudiri, vrach-bakteriolog, laborant, sanitarka) tibbiyot oliygohlarining “Tibbiy-profilaktika ishi” fakultetini tamomlagan sanitariya-epidemiologiya vrachi mutaxassisligiga ega bo‘lgan vrachlar hamda O‘rta maxsus ta‘lim muassasalarining Bakteriologiya-laboratoriya yo‘nalishini tamomlagan mutaxassislar faoliyat yuritadi.
- Laboratoriyada ishlashga oʻta xavfli yuqumli kasalliklar bilan ishlashga birlamchi ixtisoslastirish kurslaridan maxsus tayorgarlikdan oʻtgan mutaxassislarga ruxsat etiladi
- Laboratoriya shtat birliklari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
- Laboratoriyaga Boshqarma boshligʻi tomonidan ishga qabul qilinadigan va lavozimidan ozod etiladigan laboratoriya mudiri rahbarlik qiladi.
- Laboratoriya mudiri:
Laboratoriya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, Laboratoriya ishlarini tashkil etadi va nazorat qiladi;
Laboratoriyaga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
xodimlar oʻrtasida funksional vazifalarni taqsimlaydi;
xodimlarni ishga qabul qilish va lavozimidan ozod qilish, shuningdek rag‘batlantirish yoki ularni intizomiy javobgarlikka tortish toʻg‘risida yoʻnalish boʻyicha Boshqarma boshligʻi oʻrinbosariga takliflar kiritadi.
- Laboratoriya mudiri bo‘lmagan vaqtda vazifalarni yoʻnalish boʻyicha Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari bilan kelishilgan holda, laboratoriya vrachlaridan biri bajaradi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
- 16. Laboratoriyani tugatish yoki qayta tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
- Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor deb topilgan xodimlar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

