Bakteriologiya laboratoriyasi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2024-yil 25-yanvardagi 8-sonli buyrug‘iga 2-a-ilova

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining Bakteriologiya laboratoriyasi to‘g‘risida namunaviy

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
    2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-son qarori, “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoni, Qo‘mitaning “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi
    faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2023-yil 11-iyuldagi 32-son buyrug‘iga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda – hududiy Boshqarmalar) Bakteriologiya laboratoriyasining vazifalari va funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish va hisobdorligini belgilab beradi.
  2. Bakteriologiya laboratoriyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoʻmitaning qarorlari, buyruq va ko‘rsatmalariga shuningdek mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

2-bob. Bakteriologiya laboratoriyasining vazifalari va funksiyalari

  1. 3. Bakteriologiya laboratoriyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Respublika hududiga yuqumli kasalliklarni (III-IV guruh patogen mikroorganizmlar) chetdan kirib kelishi va tarqalishini oldini olish va axolining yuqumli kasalliklar bilan kasallanishining oldini olish maqsadida suv, tuproq, havo kabi tashqi muhit obyektlari va oziq-ovqat mahsulotlarida, davolash-profilaktika muassasalarida (DPM) bakteriologik tahlillar o‘tkazish;

tuman va shahar bo‘limlari mutaxassislariga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish;

hududiy boshqarmalar boshqa laboratoriyalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy va o‘rta tibbiyot bilim yurtlari mutaxassislari bilan hamkorlikda III-IV guruh mikroorganizmlari yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha ilmiy-amaliy hamda o‘quv-seminarlarini tashkil qilish va o‘tkazish;

aholining III-IV guruh bakterial yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha xabardorligini oshirish.

  1. 4.Bakteriologiya laboratoriyasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

yuqumli kasalliklarning yoki yuqumli kasalliklarga gumon qilinganlarni ovqatdan zaharlanishlarning kelib chiqish sabablarini aniqlash maqsadida, tasdiqlangan zamonaviy usullar bilan to‘g‘ri va sifatli bakteriologik tekshiruvlar olib borish;

aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklarni kamaytirish va tashqi muhitni sog‘lomlashtirish borasida epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni o‘tkazishda ishtirok etish;

bakteriologik laboratoriyalarning moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash, me’yoriy hujjatlar, kimyoviy reaktivlar, ozuqa-muhitlar va boshqa preparatlar bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarini tashkillashtirish;

sanitariya bakteriologik tekshiruvlarni rejalashtirishda ishtirok etish.

yangi tekshiruv usullari, davlat standartlari, uslubiy qo‘llanma, yo‘riqnomalarni amalda tadbiq etish;

davolash-profilaktik muassasalardagi klinik diagnostik bakteriologik (mikrobiologik) laboratoriyalarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish;

tuman (shahar) bo‘limlari bakteriologik laboratoriyasi ustidan tashkiliy uslubiy boshqaruvni olib borish;

tuman (shahar) bo‘limlari bakteriologik laboratoriyasi moddiy-texnik ta’minotini, jihozlanishini, me’yoriy hujjatlar, reaktiv, muhitlar va boshqa  vositalar bilan ta’minotini yaxshilash bo‘yicha nazoratni amalga oshirish;

yillik hisobotlar yakuni bo‘yicha tuman (shahar) bo‘limlarining bakteriologik laboratoriyasi faoliyatini tahlil qilish;

arbitraj tekshiruvlarni, tumanlarda ajratilgan kulturalarni identifikatsiyalashni amalga oshirish;

hududiy boshqarmalar bazasida Bakteriologiya laboratoriyasi xodimlarini (vrach-bakteriolog, biolog-bakteriolog, laborant, sanitarka va boshqalar) kasbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish.

  1. 5. Bakteriologik laboratoriyasi qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.

3-bob. Bakteriologiya laboratoriyasining huquqlari va majburiyatlari

  1. 6.Bakteriologiya laboratoriyasi quyidagi huquqlarga ega:

laboratoriya faoliyatini yaxshilash maqsadida, takliflar kiritish;

boshqarmaning boshqa bo‘limlaridan ish faoliyat uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni so‘rab olish;

aholini yuqumli kasalliklarni profilaktikasi bo‘yicha bilim savodxonligini yuksaltirish maqsadida maqola, televideniya va radioga matn, eslatma varaqasi, buklet, plakat va h.k. tayyorlashda ishtirok etish;

laboratoriyalar mutaxassislarini kasbiy malakasini oshirish uchun o‘qitish.

  1. 7. Bakteriologiya laboratoriyasi qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa huquqlarga ham ega bo‘ladi.
  2. Bakteriologiya laboratoriyasiga:

jismoniy va yuridik shaxslarning aholi o‘rtasida III-IV guruh mikroorganizmlar yuqumli kasalliklarni kelib chiqishi va tarqalishni oldini olish masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish va tegishli qarorlar qabul qilish;

III-IV guruh mikroorganizmlar yuqumli kasalliklari bo‘yicha epidemiologik vaziyat va aholi o‘rtasida III-IV guruh mikroorganizmlar yuqumli kasalliklarni kelib chiqishi va tarqalishni oldini olishni ta’minlash borasida o‘tkazilayotgan tahlillar haqida hududiy boshqarma rahbariyatini xabardor qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari ijrosi hamda nazoratini ta’minlash kabi majburiyatlar yuklatiladi.

4-bob. Bakteriologiya laboratoriyasi faoliyatini tashkil etish va hisobdorligi

  1. 9. Bakteriologiya laboratoriyasi mudiri bevosita Boshqarma boshligʻiga bo‘ysunadi.
  2. Bakteriologiya laboratoriyasi o‘z faoliyatida Boshqarmaning boshqa bo‘limlari, Sog‘liqni saqlash boshqarmalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy va o‘rta tibbiyot bilim yurtlari bilan yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida o‘zaro hamkorlik qiladi.
  3. Bakteriologiya laboratoriyasiga vrach bakteriolog rahbarlik qiladi, bo‘lim mudiri Boshqarma boshligʻi tomonidan tayinlanadi va vazifasidan ozod qilinadi.
  4. Boshqarma boshligʻi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda Bakteriologiya laboratoriyasi ish faoliyatini hududiy boshqarmalarning boshqa bo‘limlari faoliyati bilan muvofiqlashtirib boradi.
  5. Bakteriologiya laboratoriyasi amaldagi rejim talablariga javob beruvchi ish joylari, asbob-uskunalar, zaruriy jihozlar, shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanadi.
  6. 14.Bakteriologiya laboratoriyasi shtat normativlari qonunchilik talablari asosida tasdiqlanadi.
  7. 15. Bakteriologiya laboratoriyasi mudiri ishda boʻlmagan vaqtda (mehnat ta’tili, mehnatga layoqatsizlik davrida) uning vazifasi laboratoriyadagi vrachlardan biriga yuklanadi.

5-bob. Yakunlovchi qoidalar

  1. 16. Bakteriologiya laboratoriyasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
  2. Mazkur nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan xodimlar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.

O‘zbekiston Respublikasi

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik

va jamoat salomatligi qo‘mitasining

2024-yil 25-yanvardagi 8-sonli buyrug‘iga
2-b-ilova

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi

tuman (shahar) bo‘limlarining Bakteriologiya laboratoriyasi to‘g‘risida namunaviy

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
    2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-son qarori, “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoni, Qo‘mitaning “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi
    faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2023-yil 11-iyuldagi 32-son buyrug‘iga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, Qoʻmita tuman (shahar) boʻlimlarining Bakteriologiya laboratoriyasining vazifalari va funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish va hisobdorligini belgilab beradi.
  2. Bakteriologiya laboratoriyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoʻmitaning qarorlari, buyruq va ko‘rsatmalariga shuningdek mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

2-bob. Bakteriologiya laboratoriyasining vazifalari va funksiyalari

  1. 3. Bakteriologiya laboratoriyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Respublika hududiga yuqumli kasalliklarni (III-IV guruh patogen mikroorganizmlar) chetdan kirib kelishi va tarqalishini oldini olish va axolining yuqumli kasalliklar bilan kasallanishining oldini olish maqsadida suv, tuproq, havo kabi tashqi muhit obyektlari va oziq-ovqat mahsulotlarida, davolash-profilaktika muassasalarida bakteriologik tahlillar o‘tkazish;

aholining III-IV guruh patogen mikroorganizmlari  yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha xabardorligini oshirish.

  1. 4.Bakteriologiya laboratoriyasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

yuqumli kasalliklarning yoki yuqumli kasalliklarga gumon qilinganlarni, ovqatdan zaharlanishlarning kelib chiqish sabablarini aniqlash maqsadida, tasdiqlangan zamonaviiy usullar bilan to‘g‘ri va sifatli bakteriologik tekshiruvlar olib borish;

aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklarni kamaytirish va tashqi muhitni sog‘lomlashtirish borasida  sanitariya-gigienik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazishda ishtirok etish;

bakteriologik laboratoriyalarning moddiy-texnik jihozlanish ta’minotini yaxshilash, me’yoriy texnik hujjatlar, kimyoviy reaktivlar, ozuqa-muhitlar va boshqa preparatlar bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar tashkillashtirish;

sanitariya bakteriologik tekshiruvlarni rejalashtirishda ishtirok etish;

davolash-profilaktik muassasalariga klinik bakteriologik (mikrobiologik) diagnostik amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish.

  1. 5. Bakteriologik laboratoriyasi qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.

3-bob. Bakteriologiya laboratoriyasining huquqlari va majburiyatlari

  1. 6.Bakteriologiya laboratoriyasi quyidagi huquqlarga ega:

laboratoriya faoliyatini yaxshilash maqsadida, takliflar kiritish;

boshqarmaning boshqa bo‘limlaridan ish faoliyat uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni so‘rab olish;

aholini yuqumli kasalliklarni profilaktikasi bo‘yicha bilim savodxonligini yuksaltirish maqsadida maqola, televideniya va radioga matn, eslatma varaqasi, buklet, plakat va h.k. tayyorlashda ishtirok etish;

laboratoriyalar mutaxassislarini kasbiy malakasini oshirish uchun o‘qitish.

  1. 7. Bakteriologiya laboratoriyasi qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa huquqlarga ham ega bo‘ladi.
  2. Bakteriologiya laboratoriyasiga:

jismoniy va yuridik shaxslarning aholi o‘rtasida III-IV guruh mikroorganizmlar yuqumli kasalliklarni kelib chiqishi va tarqalishni oldini olish masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish va tegishli qarorlar qabul qilish;

III-IV guruh mikroorganizmlar yuqumli kasalliklari bo‘yicha epidemiologik vaziyat va aholi o‘rtasida III-IV guruh mikroorganizmlar yuqumli kasalliklarni kelib chiqishi va tarqalishni oldini olishni ta’minlash borasida o‘tkazilayotgan tahlillar haqida hududiy boshqarma rahbariyatini xabardor qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari ijrosi hamda nazoratini ta’minlash kabi majburiyatlar yuklatiladi.

4-bob. Bakteriologiya laboratoriyasi faoliyatini tashkil etish va hisobdorligi

  1. 9. Bakteriologiya laboratoriyasi mudiri bevosita tuman (shahar) boʻlimi boshligʻiga bo‘ysunadi.
  2. Bakteriologiya laboratoriyasi o‘z faoliyatida tuman (shahar) boʻlimining boshqa bo‘limlari, tibbiyot birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida o‘zaro hamkorlik qiladi.
  3. Bakteriologiya laboratoriyasiga vrach bakteriolog rahbarlik qiladi, bo‘lim mudiri tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi tomonidan tayinlanadi va vazifasidan ozod qilinadi.
  4. Tuman (shahar) boʻlimi boshligʻiepidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda Bakteriologiya laboratoriyasi ish faoliyatini hududiy boshqarmalarning boshqa bo‘limlari faoliyati bilan muvofiqlashtirib boradi.