Parazitologiya bo‘limi va laboratoriyasi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2024-yil 25-yanvardagi 8-sonli buyrug‘iga 3-a-ilova

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining Parazitоlogiya bo‘limi va laboratoriyasi to‘g‘risida namunaviy

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻg‘risida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-son qarori, “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoni, Qo‘mitaning “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2023-yil 11-iyuldagi 32-son buyrug‘iga muvofiq ishlab chiqilgan.
  2. Ushbu Nizom Qo‘mita O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasining (keyingi o‘rinlarda – Laboratoriya) vazifalari, huquqlari va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish va hisobdorligini belgilaydi.
  3. Laboratoriya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, boshqa
    normativ-huquqiy hujjatlar, Qo‘mitaning qarorlari, buyruq va ko‘rsatmalariga, shuningdek mazkur nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

2-bob. Laboratoriyaning vazifalari

  1. Quyidagilar Laboratoriyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning laboratoriya tashxisi bilan shug‘ullanayotgan quyi tizimdagi laboratoriya xizmatining holatini o‘rganish.

o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning mikrobiologik tekshiruv usullarini zamon talabi asosida yanada takomillashtirish.

hududiy faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning bilim va malakalarini oshirish maqsadida, o‘quv-seminarlari, stajirovka, ish o‘rnida o‘qitishlarni tashkil etish;

laboratoriyalarni uslubiy jihatdan nazoratini olib borish, hududiy laboratoriyalari faoliyatini muvofiqlashtirish;

aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklar kelib chiqish sabablarini monitoringini olib borishda va ularni tarqalishini oldini olish bo‘yicha ogohlantirish, yuqumli kasalliklarni kamaytirish, tashqi muhitni sog‘lomlashtirish, epidemiyaga qarshi kompleks chora-tadbirlarni tashkillashtirilishi, hamda o‘tkazilishi yuzasidan ma’muriy hududlarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish;

hududiy laboratoriyalar faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va laboratoriya tekshiruvlarini samarali o‘tkazilishida amaliy va tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatish;

hududiy laboratoriyalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

3-bob. Laboratoriyaning huquq va majburiyatlari

  1. Laboratoriya quyidagi huquqlarga ega:

O‘zbekiston Respublikasi hududlarida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni kirib kelishi va tarqalishini oldini olishda tashqi muhit obyektlarida sanitariya muhofazasini o‘rnatish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning mikrobiologik tekshiruv usullarini zamon talabi asosida yanada takomillashtirish;

faoliyatga oid hujjatlarni ishlab chiqish, aholini sanitariya madaniyatini oshirish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi, shuningdek sanitariya-epidemiologiya masalalarida xotirjamlikni ta’minlash bo‘yicha keng qamrovli tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borish;

aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash masalalalarida hududiy tashkilotlar, shuningdek, boshqa laboratoriya komplekslari bilan o‘zaro muloqotni ta’minlash;

o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘yicha vaziyat murakkablashgan holatlarda epidemiyaga qarshi nazoratni takomillashtirishda ishtirok etish;

o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning profilaktikasi bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqishda qatnashish;

hududiy boshqarmalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning bilim va malakalarini oshirish maqsadida, o‘quv-seminarlari, stajirovkalar, konferensiyalar tashkil etish;

o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriya tashxisoti masalalari bo‘yicha yangi buyruq loyihalari, uslubiy qo‘llanmalar, boshqaruv hujjatlari loyihasini ishlab chiqish jarayonida ishtirok etish;

o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriya tashxisoti bo‘yicha ichki va tashqi nazoratni kuchaytirish.

  1. 6. Laboratoriya quyidagi majburiyatlarga ega:

Laboratoriya xodimlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatni tashkil etish, texnika xavfsizligini kafolatlash;

Laboratoriyaning moddiy-texnik bazasini zamonaviy tibbiy texnikalar va eng yangi texnologiyalar bilan mustahkamlanishini nazorat qilish;

Laboratoriyaning mulkidan maqsadli foydalanilishi va ularning talab darajasida saqlanishini ta’minlash.

4-bob. Laboratoriya faoliyatini tashkil etish va hisobdorligi

  1. Laboratoriya Milliy referens laboratoriyasining tarkibiy qismi hisoblanib, o‘z faoliyatida funksional vazifalari bo‘yicha Milliy referens laboratoriyasi rahbariga bo‘ysunadi.
  2. Laboratoriya o‘z faoliyatini Respublika O‘lat profilaktika markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va tegishli tarkibiy muassasalar hamda boshqa tibbiy tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boradi.
  3. Laboratoriya xodimlari faoliyatini lavozim yo‘riqnomalari, Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlangan ish rejalari asosida olib boradi.
  4. Laboratoriyadagi lavozimlarida (Laboratoriya mudiri, vrach-bakteriolog, laborant, sanitarka) tibbiyot oliygohlarining “Tibbiy-profilaktika ishi” fakultetini tamomlagan sanitariya-epidemiologiya vrachi mutaxassisligiga ega bo‘lgan vrachlar hamda O‘rta maxsus ta‘lim muassasalarining Bakteriologiya-laboratoriya yo‘nalishini tamomlagan mutaxassislar faoliyat yuritadi.
  5. Laboratoriyada ishlashga oʻta xavfli yuqumli kasalliklar bilan ishlashga birlamchi ixtisoslastirish kurslaridan maxsus tayorgarlikdan oʻtgan mutaxassislarga ruxsat etiladi
  6. Laboratoriya shtat birliklari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
  7. Laboratoriyaga Qo‘mita raisi tomonidan ishga qabul qilinadigan va lavozimidan ozod etiladigan laboratoriya mudiri rahbarlik qiladi.
  8. Laboratoriya mudiri:

Laboratoriya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, Laboratoriya ishlarini tashkil etadi va nazorat qiladi;

Laboratoriyaga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

xodimlar oʻrtasida funksional vazifalarni taqsimlaydi;

xodimlarni ishga qabul qilish va lavozimidan ozod qilish, shuningdek rag‘batlantirish yoki ularni intizomiy javobgarlikka tortish toʻg‘risida Milliy referens laboratoriyasi rahbariga takliflar kiritadi.

  1. Laboratoriya mudiri bo‘lmagan vaqtda vazifalarni Milliy referens laboratoriyasi rahbari bilan kelishilgan holda, laboratoriya vrachlaridan biri bajaradi.

5-bob. Yakunlovchi qoidalar

  1. 16. Laboratoriyani tugatish yoki qayta tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
  2. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor deb topilgan xodimlar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

Oʻzbekiston Respublikasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik

va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2024-yil 25-yanvardagi 8-sonli buyrugʻiga 7-a-ilova

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasi to‘g‘risida namunaviy

NIZOM

 1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻg‘risida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-son qarori, “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoni, Qo‘mitaning “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi
    faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2023-yil 11-iyuldagi 32-son buyrug‘iga muvofiq ishlab chiqilgan.
  2. Ushbu Nizom Qo‘mita Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining (keyingi oʻrinlarda – Boshqarma) O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasining (keyingi o‘rinlarda – Laboratoriya) vazifalari, huquqlari va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish va hisobdorligini belgilaydi.
  3. Laboratoriya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, boshqa
    normativ-huquqiy hujjatlar, Qo‘mitaning qarorlari, buyruq va ko‘rsatmalariga, shuningdek mazkur nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

2-bob. Laboratoriyaning vazifalari

  1. Quyidagilar Laboratoriyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning mikrobiologik tekshiruv usullarini zamon talabi asosida yanada takomillashtirish;

aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklar kelib chiqish sabablarini monitoringini olib borishda va ularni tarqalishini oldini olish bo‘yicha ogohlantirish, yuqumli kasalliklarni kamaytirish, tashqi muhitni sog‘lomlashtirish, epidemiyaga qarshi kompleks chora-tadbirlarni tashkillashtirish;

Laboratoriya faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va laboratoriya tekshiruvlarini samarali o‘tkazish;

Laboratoriya faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

3-bob. Laboratoriyaning huquq va majburiyatlari

  1. Laboratoriya quyidagi huquqlarga ega:

O‘zbekiston Respublikasi hududlarida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni kirib kelishi va tarqalishini oldini olishda tashqi muhit obyektlarida sanitariya muhofazasini o‘rnatish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning mikrobiologik tekshiruv usullarini zamon talabi asosida yanada takomillashtirish;

faoliyatga oid hujjatlarni ishlab chiqish, aholini sanitariya madaniyatini oshirish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi, shuningdek sanitariya-epidemiologiya masalalarida xotirjamlikni ta’minlash bo‘yicha keng qamrovli tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borish;

aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash masalalalarida hududiy tashkilotlar, shuningdek, boshqa laboratoriya komplekslari bilan o‘zaro muloqotni ta’minlash;

o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘yicha vaziyat murakkablashgan holatlarda epidemiyaga qarshi nazoratni takomillashtirishda ishtirok etish;

o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning profilaktikasi bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqishda qatnashish;

o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriya tashxisoti masalalari bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar loyihasini ishlab chiqish jarayonida ishtirok etish;

o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriya tashxisoti bo‘yicha ichki va tashqi nazoratni kuchaytirish.

  1. 6. Laboratoriya quyidagi majburiyatlarga ega:

Laboratoriya xodimlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatni tashkil etish, texnika xavfsizligini kafolatlash;

Laboratoriyaning moddiy-texnik bazasini zamonaviy tibbiy texnikalar va eng yangi texnologiyalar bilan mustahkamlanishini nazorat qilish;

Laboratoriyaning mulkidan maqsadli foydalanilishi va ularning talab darajasida saqlanishini ta’minlash.

4-bob. Laboratoriya faoliyatini tashkil etish va hisobdorligi

  1. Laboratoriya Boshqarmaning tarkibiy qismi hisoblanib, o‘z faoliyatida funksional vazifalari bo‘yicha yoʻnalish boʻyicha Boshqarma boshligʻi oʻrinbosariga bo‘ysunadi.
  2. Laboratoriya o‘z faoliyatini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boradi.
  3. Laboratoriya xodimlari faoliyatini lavozim yo‘riqnomalari, Boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlangan ish rejalari asosida olib boradi.
  4. Laboratoriyadagi lavozimlarida (Laboratoriya mudiri, vrach-bakteriolog, laborant, sanitarka) tibbiyot oliygohlarining “Tibbiy-profilaktika ishi” fakultetini tamomlagan sanitariya-epidemiologiya vrachi mutaxassisligiga ega bo‘lgan vrachlar hamda O‘rta maxsus ta‘lim muassasalarining Bakteriologiya-laboratoriya yo‘nalishini tamomlagan mutaxassislar faoliyat yuritadi.
  5. Laboratoriyada ishlashga oʻta xavfli yuqumli kasalliklar bilan ishlashga birlamchi ixtisoslastirish kurslaridan maxsus tayorgarlikdan oʻtgan mutaxassislarga ruxsat etiladi
  6. Laboratoriya shtat birliklari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
  7. Laboratoriyaga Boshqarma boshligʻi tomonidan ishga qabul qilinadigan va lavozimidan ozod etiladigan laboratoriya mudiri rahbarlik qiladi.
  8. Laboratoriya mudiri:

Laboratoriya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, Laboratoriya ishlarini tashkil etadi va nazorat qiladi;

Laboratoriyaga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

xodimlar oʻrtasida funksional vazifalarni taqsimlaydi;

xodimlarni ishga qabul qilish va lavozimidan ozod qilish, shuningdek rag‘batlantirish yoki ularni intizomiy javobgarlikka tortish toʻg‘risida yoʻnalish boʻyicha Boshqarma boshligʻi oʻrinbosariga takliflar kiritadi.

  1. Laboratoriya mudiri bo‘lmagan vaqtda vazifalarni yoʻnalish boʻyicha Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari bilan kelishilgan holda, laboratoriya vrachlaridan biri bajaradi.
  2. 5-bob. Yakunlovchi qoidalar