Radiatsiya gigiyenasi bo‘limi va laboratoriyasi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2024-yil 25-yanvardagi 8-sonli buyrug‘iga 4-a-ilova
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining Radiatsiya gigiyenasi bo‘limi va laboratoriyasi to‘g‘risida namunaviy
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
- Radiatsiya gigiyenasi bo‘limi va laboratoriyasi oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishiga majbur.
- Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-son qarori, “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoni, Qo‘mitaning “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi
faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2023-yil
11-iyuldagi 32-son buyrug‘iga muvofiq ishlab chiqilgan. - Ushbu Nizom Qo‘mita Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining (keyingi oʻrinlarda – Boshqarma) Radiatsiya gigiyenasi bo‘limi va laboratoriyasi vazifalari va funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish va hisobdorligini belgilaydi.
- Radiatsiya gigiyenasi bo‘limi va laboratoriyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, Qo‘mitaning qarorlari, buyruq va ko‘rsatmalariga, shuningdek mazkur nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
2-bob. Radiatsiya gigiyenasi bo‘limi va laboratoriyasining vazifalari va funksiyalari
- Quyidagilar Radiatsiya gigiyenasi bo‘limi va laboratoriyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
aholining ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’sirini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini tashkil etish;
radiatsiyaviy xavfsizlikning asosiy tamoyillariga rioya etish hamda radiatsiyaviy xavfsizlik me’yorlariga amal qilgan holda xalq xo‘jaligi, sanoat, tibbiyot va ilm-fan sohalari faoliyatida ionlashtiruvchi nurlanish amaliyotda qo‘llanilganda, asossiz cheklashlarga yo‘l qo‘ymaslik.
- Quyidagilar Radiatsiya gigiyenasi bo‘limi va laboratoriyasining funksiyalari hisoblanadi:
amaldagi sanitariya qoida va normalari asosida belgilangan tartibda ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan (keyingi o‘rinlarda-INM) foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlar qurilishi uchun ajratilayotgan yer maydonini tanlashda, qurilish ishlarida, INM uskunalarini o‘rnatishda ishtirok etish;
INM va radioaktiv moddalardan (keyingi o‘rinlarda-RM) foydalanuvchi obyektlarning qurilish hamda boshqa muassasalarning qayta qurilishi, ixtisosligini o‘zgartirilishi yoki texnologik jarayonlarning o‘zgarishi, qurilmalarning joylashuvi bo‘yicha loyiha hujjatlarini ko‘rish va ularga xulosalar tayyorlash;
INMdan foydalanuvchi obyektlar qurilishi va qayta qurilishi, qurilmalar joylashtiruvi bo‘yicha nazorat olib borish;
faoliyati INMlardan foydalanish hamda RM saqlash uchun mo‘ljallangan tashkilotlar, obyektlar, xonalar hamda qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda (ishga tushirishda) ishtirok etish;
korxona yoki tashkilot ma’muriyati tomonidan, amaldagi sanitariya qoida va normalari asosida ishlab chiqilgan radiatsiyaviy xavfsizlik bo‘yicha hujjatlarni birlamchi o‘rganish va o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirish;
korxona, tashkilot shu jumladan transportga, INMdan faoliyati davomida foydalanish huquqini beruvchi sanitariya-epidemiologik xulosalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
korxona hududida INMlarni, shu jumladan dala sharoitlariga mo‘ljallangan gamma-defektoskopik uskunalarni vaqtincha saqlash omborxonalariga o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirish;
amaldagi qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatilgan holatlarda, qurilma, uskuna, jihoz va boshqa radiatsiyaviy texnikalarning texnik hujjatlarini o‘rganish va ular asosida xulosa loyihasini tayyorlash;
tashkilot va boshqa muassasalarda RM va INM bilan ishlash uchun
shart-sharoitlarning yaratilganligini aniqlash maqsadida sanitariya-gigiyena o‘rganishlarni olib borish;
amaldagi radiatsiyaviy xavfsizlik qoida va me’yorlari asosida faoliyati davomida RM va INMlarni ishlab chiqaruvchi, foydalanuvchi korxona va boshqa muassasalarni hamda ularda ishlovchi “A” toifaga kiritilgan xodimlarni ro‘yxatga olish;
hududlarga xizmat ko‘rsatayotgan Boshqarmalar tomonidan muayyan hududlarda RM va INMlardan foydalanish maqsadli ishlatilishi bo‘yicha rejalarni ko‘rib chiqish;
INMlarni saqlovchi va foydalanuvchi korxona va tashkilotlarni faol aniqlash, mavjud INMlarni hamda ular bilan ishlovchi xodimlarni (personal) hisobga olish;
RM va INMlar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha turdagi ish faoliyati, ularni ishlab chiqarish va qo‘llash, saqlash, transportirovka qilish, tabiiy radioaktivlik yuqori bo‘lgan foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash hamda ulardan tayyorlangan maxsulotlarni xo‘jalik va ijtimoiy soha faoliyatida ishlatish, radioaktiv chiqindilardan tozalash (dezaktivatsiya) qilish jarayoni bilan shug‘ullanuvchi tashkilot, korxona rahbariyatlari tomonidan amaldagi radiatsiyaviy xavfsizlik qoida va me’yorlari talablariga rioya etayotganliklari ustidan nazorat olib borish;
korxona va tashkilotlarda amaldagi radiatsiyaviy xavfsizlik sanitariya qoida va normalari asosida hujjatlarni yuritish va muvofiqlashtirish;
sanitariya-epidemiologik xulosani belgilangan muddatlarda qayta rasmiylashtirish va muddatlarni uzaytirish;
mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, yuqori tashkilotning radiologiya laboratoriyasi bilan kelishilgan holda nazorat uchastkalarini aniqlash;
xizmat ko‘rsatilayotgan hududda gamma-tasvirlarni olib borish;
ichimlik suvi manbalaridan, ochiq suv xavzalari suvlaridan, atmosfera havosidan (sedimentatsion va aspiratsion namunalar), mahalliy ishlab chiqaruvchilarning va import oziq-ovqat mahsulotlaridan, tuproqda, o‘simliklarda va mineral o‘g‘itlarda RMni tarkibida aniqlashda, qurilish xomashyolarida, aholi punktlari va jamoat binolarida radon konsentratsiyasi miqdorini aniqlashda tizimli radiatsion nazorat olib borish;
radiologiya masalalari bo‘yicha hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
INMlari va RMlar bilan ishlovchi xodimlarga yaratilgan ish sharoitlari, ularning sog‘liqlarini hamda atrof-muhit radiatsion omillarining aholiga ta’siri kuzatuv natijalarini tahlil qilish va tahlil natijalari asosida yuqori tashkilotga ma’lumotnomalar tayyorlash;
nazorat ostidagi hududlarning sanitariya holati va radiatsion xavfsizligi yaxshilash maqsadida reja-topshiriqlarni rasmiylashtirish va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
radiologiya yo‘nalishi bo‘yicha yangi tashkiliy shakl va uslublarni egallash, yangi dozimetrik hamda boshqa tekshirish uslublarni Qo‘mita amaliyotida tadbiq etish;
RMvaINMlar bilan kasbiy tegishli ishlovchi xodimlar va aholi orasida sanitariya-targ‘ibot tushuntirish ishlarini olib borish;
tinchlik va urush davrida radiologiya yo‘nalishi bo‘yicha Favqulodda vaziyatlarda muhofaza tadbirlari bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etish.
Quyidagi holatlarda nazorat olib borish:
INMlarni korxona va tashkilot hududiga olib kirish va olib chiqish hamda ulardan korxona hududiga tegishli bo‘lmagan joylarda foydalanishi ustidan;
RM bilan ta’minlanish uchun buyurtmani o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilganligi;
bir korxonadan boshqa tashkilotga INMlarini, shu jumladan reaktorda yoki tezlatgichda nurlangan, minimal ahamiyatli aktivligi (MAA) yuqori bo‘lgan namunalarni topshirish ustidan;
foydalanish muddatlari tugayotgan yoki tugagan, yaroqsiz radionuklid manbaalarini o‘rnatilgan tartibda va muddatlarda hisobdan chiqarish hamda belgilangan tartibda ko‘mishga topshirilishi yuzasidan (belgilangan muddati tugagan holda);
korxona, tashkilot ma’muriyati tomonidan amaldagi radiatsiyaviy xavfsizlik qoida va me’yorlari asosida “A” toifadagi xodimlarni dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilishi va tibbiy komissiya xulosalarni muassasa ma’muriyati tomonida ijroga qaratilishi;
radionuklid manbaalari ishlatilgan xonalarni, hududlarni, korxonalarni foydalanishga berish bilan bog‘liq holatlar;
atmosfera xavosiga ventilyatsion xavoning, radioaktiv chiqindi suvlarning suv havzalariga chiqarilishi, qattiq va suyuq radioaktiv chiqindilarni olib tashlash hamda zararsizlantirish;
avariyaviy holatlarni o‘rganish, avariyaviy holatlarni bartaraf etishda olib borilayotgan ish jarayonida radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash, o‘tkazilgan chora-tadbirlar samaradorligi va sifati yuzasidan.
3-bob. Radiatsiya gigiyenasi bo‘limi va laboratoriyasining huquq va majburiyatlari
- Radiatsiya gigiyenasi bo‘limi va laboratoriyasi quyidagi huquqlarga ega:
radiatsion xavfsizlik masalalari bo‘yicha respublika miqyosidagi, xalqaro konferensiya, simpoziumlarni tashkil etish, o‘tkazish va ularda Boshqarma nomidan ishtirok etish;
hujjatlarni tayyorlash jarayonida guruhlarni shakllantirish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish;
sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi masalalari bo‘yicha respublikada tadbiq etiladigan dasturlarning sifati va samaradorligiga baho berish maqsadida, tashkilotlar vakillari bilan birgalikda tadqiqotlarni amalga oshirishda ishtirok etis

