Immunoprofilaktika bo‘limi
O‘zbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2023-yil 23-dekabrdagi 79-son buyrug‘iga 18-a-ilova
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining Immunoprofilaktika bo‘limi to‘g‘risida namunaviy
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
- Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Aholining
sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-son qarori, “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoni, Qo‘mitaning “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi
faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2023-yil 11-iyuldagi 32-son buyrug‘iga muvofiq ishlab chiqilgan. - Ushbu Nizom Qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining (keyingi o‘rinlarda – Boshqarma) Immunoprofilaktika bo‘limining (keyingi o‘rinlarda – Bo‘lim) vazifalari, huquqlari va majburiyatlari, faoliyatining tashkiliy asoslari va hisobdorligini belgilab beradi.
- 3. Bo‘lim Boshqarma boshlig‘ining vakolati bo‘yicha tegishli o‘rinbosariga bo‘ysunadi.
- Bo‘lim o‘z ish faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Qoʻmitaning buyruqlari, uslubiy qo‘llanmalari va Boshqarma buyruqlari asosida tashkil etadi.
2-bob. Bo‘limning vazifalari
- 5. Quyidagilar Bo‘limning vazifalari hisoblanadi:
Qo‘mita tuman (shahar) bo‘limlarining immunoprofilaktika masalalari va immunobiologik preparatlar bilan ta’minlash bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirib borish;
ma’muriy hudud aholisi orasida boshqariluvchi yuqumli kasalliklar bo‘yicha epidemiologik barqarorlikni ta’minlashda profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil qilish;
boshqariluvchi yuqumli kasalliklarning epidemiologik nazoratini kuchaytirish;
xavfsiz va sifatli vaksinatsiyani ta’minlash;
virusli gepatitning V turi, XIB infeksiya, rotavirus, pnevmokokk infeksiyalari bilan kasallanish va ushbu kasalliklardan nobud bo‘lishning oldini olish tadbirlarini o‘tkazish;
rejali profilaktik emlash tadbirlarini jahon andozasiga asoslanib takomillashtirish va yangi vaksinalarni amaliyotga kiritish;
shahar va tumanlarda xavfsiz va sifatli immunizatsiyani tashkil qilib,
97-98% foizga emlash qamrovini tashkil qilish;
“Sovuqlik zanjiri” tizimini mustahkamlash va bosqichma-bosqich sovutkich uskunalar ta’minoti yangilanishini tashkillashtirish;
hududiy DPMlarni vaksinalar bilan ta’minlash uchun buyurtmalar tuzish.
3-bob. Bo‘limning huquq va majburiyatlari
- Bo‘lim quyidagi huquqlarga ega:
immunoprofilaktika yo‘nalishi bo‘yicha viloyat miqyosidagi seminar anjumanlar o‘tkazish va ularda Boshqarma nomidan ishtirok etish;
ma’muriy hududda tadbiq etiladigan dasturlarning sifati va samaradorligiga baho berish maqsadida, manfaatdor idora va tashkilotlar vakillari bilan birgalikda hamkorlik aloqalarini olib borishda ishtirok etish;
qizamiq eliminatsiyasi va tug‘ma qizilcha kasalligining oldini olish bo‘yicha dastur ijrosini nazorat qilish.
Boʻlim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
- Boʻlimga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:
kasalliklarni tahlil qilishda, profilaktik emlash rejasini tuzishda tuman (shahar) bo‘limlariga amaliy va uslubiy yordam berish;
tuman (shahar)lardan profilaktik emlash rejasini qabul qilish, jamlab viloyat bo‘yicha profilaktik emlash rejasini tayyorlash va grafik asosida yuqori turuvchi tashkilotga yetkazish;
DPMlar bilan hamkorlikda yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik emlash o‘tkazishni tashkillashtirish, xavfsizligini ta’minlash tadbirlari bo‘yicha profilaktik tadbirlarni olib borish;
Qo‘mitaga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan hisobot shakllari bo‘yicha hisobotlarni ko‘rsatilgan muddatda topshirish hamda natijalariga qarab tuman (shahar)larga ma’lumotlar tayyorlash;
profilaktik emlash ishlari bo‘yicha hisobotlarni tahlil qilish, o‘rganish, jamlash, oyma-oy bakpreparatlar harakatini tahlil qilish, Qoʻmitaning tuman (shahar) bo‘limlariga emlash ishlari bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berish;
hududiy DPMlarning kundalik va kelajakdagi bakpreparatlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, vaksinalarni saqlash, sovuqlik zanjirlariga rioya qilishni ta’minlash;
emlashdan keyingi asoratlar va g‘ayritabiiy reaksiyalarni hisobga olish, epidemiologik surishtiruv o‘tkazish, oldini olish choralarini belgilash;
profilaktik emlash ishlarining ahvoli haqida yuqori tashkilotlarga ma’lumotlar tayyorlash, muhokamada qatnashish;
o‘tkir bo‘shashgan sholning barcha holatlarini aniqlash, xabar berish va epidemiologik nazorat olib borish hamda ikki namuna olib, Milliy referens laboratoriyasiga yuborilishini ta’minlash;
har yili vaksina saqlanadigan va tashiladigan sovutkich uskunalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish;
vaksinalarni samarali boshqarish bo‘yicha amaldagi kriteriy bo‘yicha vaksina saqlash omborxonalarida baholash ishlarini olib borish;
vaksina saqlanadigan sovutkichlar haroratini kuzatish hamda vaksinalar zahirasini kompyuter dasturiga kiritish;
yangi vaksinalar kiritilishi tufayli Boshqarma, DPMlarda vaksina saqlanadigan sovutkich jihozlarning sig‘imini hisoblash;
vaksinani olish, tashish, saqlash uchun javobgar shaxslarning tayyorgarligini oshirish;
difteriya, qizamiq, qoqshol va poliomielit kasalliklariga qarshi immunitet holatini tuman (shahar)larda o‘rganish, laboratoriya tahlili asosida zarur profilaktik emlash ishlarini tashkillashtirish;
jismoniy hamda yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish.
4-bob. Boʻlim faoliyatini tashkil etish va hisobdorligi
- Bo‘lim Boshqarmaning shtat normativlaridan kelib chiqib shakllantiriladi.
- Boʻlim xodimlari faoliyatini lavozim yo‘riqnomalari, Boshqarma boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan ish rejalari asosida olib boradi.
- Bo‘lim o‘z faoliyatida Boshqarma boshlig‘iga va Boshqarma boshligʻining yoʻnalish boʻyicha o‘rinbosariga boʻysunadi.
- Bo‘lim o‘z faoliyatida Boshqarmaning boshqa bo‘limlari, Qo‘mitaning Vaksinalar logistikasi va immunoprofilaktika bo‘limi, Sog‘liqni saqlash boshqarmalari va quyi tizimdagi boshqa tashkilotlar, tibbiyot bilim yurtlari bilan karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qiladi.
- Bo‘lim boshligʻi Boshqarma boshlig‘i tomonidan tayinlanadi va vazifasidan ozod etiladi.
- Boshqarma boshlig‘i epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda, Boʻlim ish faoliyatini boshqa bo‘linmalar faoliyati bilan muvofiqlashtirib boshqaradi.
- Bo‘lim boshlig‘i:
tizimli ravishda Bo‘lim faoliyati bo‘yicha bevosita yoʻnalish boʻyicha Boshqarma boshligʻi oʻrinbosariga hisobot beradi;
Bo‘limdagi barcha xodimlarga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi bo‘yicha ular faoliyati yuzasidan muntazam monitoring olib boradi, ularning faoliyat samaradorligiga xolisona baho beradi.
monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirish yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun intizomiy jazo qoʻllash toʻgʻrisida Boshqarma boshligʻiga taklif kiritadi.
- Bo‘lim boshlig‘i ish o‘rnida bo‘lmagan vaqtda, xususan xizmat safarida, mehnatga layoqatsizlik davrida uning vazifalari mutaxassislardan biriga yuklanadi. Shuningdek, mutaxassislardan biri ish o‘rnida bo‘lmagan vaqtda uning vazifalari bo‘limdagi boshqa mutaxassisga, agar bo‘lim 1 ta mutaxassis va bo‘lim boshlig‘idan iborat bo‘lsa bo‘lim boshlig‘iga vaqtincha yuklatiladi.
- 16. Bo‘lim mutaxassislari:
o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarning ijrosi uchun shaxsan javobgardir;
Boshqarma boshligʻi va o‘rinbosarlari hamda Boʻlim boshligʻi tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida ijro etadi;
hududiy boshqarmalarning faoliyati bo‘yicha hisobotlar qabul qiladi, jamlaydi va tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
- 17. Bo‘limni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
- Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan xodimlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

