Mehnat gigiyenasi, toksikologiya va zaharli ximikatlar gigienasi bo‘limi

O‘zbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2023-yil 23-dekabrdagi 79-son buyrug‘iga 11-ilova

 

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining Mehnat gigiyenasi, toksikologiya va zaharli ximikatlar gigiyenasi bo‘limi to‘g‘risida namunaviy

 

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Aholining
    sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-son qarori, “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoni va Qo‘mitaning “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi
    faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2023-yil 11-iyuldagi 32-son buyrug‘iga muvofiq ishlab chiqilgan.
  2. Ushbu Nizom Qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — Boshqarma) Mehnat gigiyenasi, toksikologiya va zaharli ximikatlar gigiyenasi bo‘limi (keyingi o‘rinlarda — Bo‘lim) asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobdorligini belgilaydi.
  3. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qo‘mitaning qarorlari, buyruq va ko‘rsatmalariga shuningdek mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

2-bob. Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari

  1. Quyidagilar Boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:

aholining sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi sohasida hududiy davlat organlari, korxona va tashkilotlarning faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilishni ta’minlash;

yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (SanQvaN) rioya qilinishi bo‘yicha belgilangan tartibda tekshirishlar o‘tkazish va sanitariya-epidemiologiya sohasida qonun buzilishlar bo‘yicha belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash;

xizmatlar ko‘rsatish va mahsulotlar ishlab chiqarish xavfsizligiga qo‘yiladigan sohaga oid majburiy talablar bo‘yicha maxsus ekspertizalar o‘tkazish;

kasb kasalliklari yuzaga kelishi va tarqalishini oldini olishga qaratilgan epidemiyaga qarshi va sanitariya-gigiyenik tadbirlarni tashkillashtirish va amalga oshirish;

sohaga oid statistik ma’lumotlarni yuritish, to‘plash, tahlil qilinishiga uslubiy rahbarlik qilish, aholi salomatligiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash maqsadida, zarur tekshirishlar va so‘rovlar o‘tkazish;

  1. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
  2. a) aholining sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi sohasida hududiy davlat boshqaruvi organlari, korxona va tashkilotlarning faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilishni ta’minlash sohasida:

kasb kasalligini oldini olish borasida o‘tkaziladigan tadbirlarni muvofiqlashtiradi;

zararli va noqulay mehnat sharoitida ishlayotgan xolimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda kasb kasalliklarni va kasbga bog‘liq kasalliklarni oldini olish borasida davolash-profilaktika muassasasi hamda tegishli tashkilot, muassasa, birlashma va idoralar bilan hamkorlikda texnik, sanitar-gigiyenik va tibbiy
chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqadi;

qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanadigan tashkilot, muassasa, birlashma va idoralar bilan hamkorlikda qishloq xoʻjaligida zaharli ximikatlar ishlatilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha tadbirlarni belgilaydi.

  1. b) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga (SanQvaN) rioya qilinishi bo‘yicha belgilangan tartibda tekshirishlar o‘tkazish va sanitariya-epidemiologiya sohasida qonun buzilishlar bo‘yicha belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash sohasida:

sanoat va ishlab chiqarish korxonalari, qurilish tashkilotlari, elektrostansiyalar, avtotransport korxonalari, aeroportning ishlab chiqarish va ta’mirlash obyektlari, tarkibida ishlab-chiqarish korxonalari bo‘lgan ilmiy-tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ulanuvchi tadbirkorlik subyektlari, qishloq xo‘jaligi obyektlarida amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilinishi bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazadi;

nazoratdagi obyektlar ishchi-xodimlarini majburiy, dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish tartibi va davriyligini hamda tibbiy tashkilotlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishining to‘liqligini nazorat qiladi;

yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ionlashtirmaydigan nurlanish, shovqin, tebranish va inson salomatligi hamda atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan boshqa fizikaviy omillar bilan ishlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishini nazorat qiladi;

nazorat ostidagi obyektlarni tashkil qilish bo‘yicha yer uchastkalari ajratishga doir loyiha materiallarini o‘rganib chiqadi va o‘rnatilgan tartibda xulosalar beradi;

obyektlarni loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilishda, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha tegishli gigiyenik xulosalar beradi;

qurilish tugatilgan, shuning rekonstruksiya qilingana, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlagan nazoratdagi obyektlarni foydalanishga qabul qilishda ishtirok etadi;

nazorat obyektlarida o‘tkir va surunkali kasb kasalliklarining kelib chiqish holatlari ustidan nazorat qiladi;

qishloq xo‘jaligida ishlatayotgan zaharli ximikatlarni saqlash, tashish va ishlatilishi bo‘yicha nazorat olib boradi;

zaharli ximikatlar ko‘milgan joylardan o‘rnatilgan tartibda sanitariya nazoratini o‘rnatadi.

  1. v) xizmatlar ko‘rsatish va mahsulotlar ishlab chiqarish xavfsizligiga qo‘yiladigan sohaga oid majburiy talablar bo‘yicha maxsus ekspertizalar o‘tkazish sohasida:

nazoratdagi obyektlar tomonidan xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazadi va tegishli xulosa beradi;

  1. g) kasb kasalliklari yuzaga kelishi va tarqalishini oldini olishga qaratilgan epidemiyaga qarshi va sanitar-gigiyenik tadbirlarni tashkillashtirish va amalga oshirish sohasida:

nazoratdagi obyektlardagi xodimlarning kasb kasalligi va boshqa kasbiga bog‘liq kasalliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni belgilaydi;

xodimlarni o‘rnatilgan tartibda ishga kirishdan oldin va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib borilishini o‘rganib boradi, natijasi bo‘yicha tekgishli takliflar kiritadi;

zararli va noqulay mehnat sharoitida ishlayotgan xodimlarni maxsus oziq-ovqat va bepul sut bilan muntazam ta’minlanib borilishini nazorat qiladi;

xodimlarni kasallanish holatini muntazam tahlil qilib boradi va  kasallanishni kamaytirishga qaratilgan texnik, sanitariya-gigienik va tibbiy chora-tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha aniq takliflarni kiritadi;

ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan zararli omillarni ishchi-xodimlarga ta’siri darajasini aniqlab, tegishli chora-tadbirlar belgilash maqsadida
laboratoriya-instrumental tekshirishlar olib boradi;

zararli mehnat sharoitida ishlayotgan xodimlarni salomatligiga va atmosfera havosiga zararli fizik omillar orqali ta’sir ko‘rsatuvchi obyektlarning ro‘yxatini va hisobini olib boradi;

roʻyxatga olingan kasb kasalliklari bo‘yicha muxsus tekshirish o‘tkazadi;

  1. d) sohaga oid statistik ma’lumotlarni yuritish, to‘plash, tahlil qilinishiga uslubiy rahbarlik qilish, aholi salomatligiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash maqsadida zarur tekshirishlar va so‘rovlar o‘tkazish sohasida:

zararli va noqulay mehnat sharoitida ishlayotgan xodimlar to‘g‘risida ma’lumotni yuritadi, tibbiy ko‘rik natijalarini tahlil qiladi va hisobotini olib boradi;

kasb kasalliklari va kasbiy faoliyatiga bog‘liq kasalliklar hisobotini olib boradi;

qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan zaharli ximikatlar bo‘yicha hisobot yuritadi;

faoliyati bo‘yicha statistik ma’lumotlarni to‘playdi, umumlashtiradi va tahlil qiladi hamda belgilangan muddatlarda Qo‘mitaga taqdim etadi.

3-bob. Bo‘limning huquqlari va javobgarligi hamda majburiyatlari

  1. Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:

o‘z vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha hududiy davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatida sanitariya-epidemiologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini o‘rganish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga sanitariya-epidemiologiya sohasida aniqlangan huquqbuzarliklar, ularga imkon beruvchi sabablar va
shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;

sanitariya-epidemiologiya sohasidagi qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogohlantirish;

inson hayoti va salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi yoxud texnogen yoki tabiiy xususiyatga ega halokat sodir bo‘lishi real xavfi vujudga kelganda mulkchilik shaklidan qat’iy nazar obyektlarda tekshirishlar o‘tkazish;

favqulodda vaziyatlarda, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘i uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelganda, ommaviy zaharlanish va guruhli kasalliklar qayd etilganda (davolash muassasasi xabari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va boshqa hollarda) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish;

o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha uslubiy materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;

o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan ro‘yxat va tariflarga muvofiq pullik xizmatlar ko‘rsatish;

o‘z vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar o‘tkazish hamda boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan shunday tadbirlarda ishtirok etish;

sanitariya-epidemiologiya masalalari sohasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish.

Bo‘lim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

  1. 7.Bo‘lim:

yuklangan vazifalar va funksiyalarning o‘z vaqtida hamda samarali bajarilishi;

aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi qonun buzilishlarining oldini olish, aniqlash va chek qo‘yish;

kasb kasalliklarining vujudga kelish shartlari va tarqalish sabablarini aniqlash;

sohani rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, ish rejalari, tadbirlar, yo‘l xaritalari va boshqa dasturiy hujjatlarning amalga oshirilishi bo‘yicha javobgar hisoblanadi.

  1. 8. Boʻlim quyidagi majburiyatlarni bajaradi:

aholining sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi to‘g‘risida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish va tegishli choralarni belgilash;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qarorlari, Farmoyishlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Sog‘liqni saqlash vazirligi va Qo‘mitaning buyruqlari ijrosini ta’minlash hamda joylardagi ijrosini nazorat qilish.

4-bob. Bo‘lim faoliyatini tashkil etish va hisobdorligi

  1. Bo‘lim Boshqarmaning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
  2. Bo‘lim Boshqarmaning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi va
    to‘g‘ridan-to‘g‘ri Boshqarma boshlig‘i va sanitariya masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga bo‘ysunadi.
  3. 11. Bo‘limning shtati Boshqarmaning shtatlaridan kelib chiqib belgilanadi.
  4. 12. Bo‘limga Boshqarma boshlig‘i tomonidan tayinlanadigan Bo‘lim boshlig‘i rahbarlik qiladi. Bo‘lim boshlig‘i o‘z faoliyatida bevosita Boshqarma boshlig‘ining soha boʻyicha o‘rinbosariga bo‘ysunadi.
  5. Bo‘limning xodimlari Boshqarma boshlig‘ining soha boʻyicha o‘rinbosari bilan kelishilgan holda Boshqarma boshlig‘i tomonidan ishga olinadi va ozod qilinadi.
  6. 14. Bo‘lim boshlig‘i:

Bo‘lim faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qiladi, faoliyatini tashkillashtiradi, yo‘naltiradi va nazorat qiladi;

Bo‘limga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

hududiy Sanitariya-epidemiologiya kengashiga muhokama uchun ma’lumotlar tayyorlaydi, shuningdek, Sanitariya-epidemiologiya kengashi qarorlarini bajarilishini ta’minlaydi;

Bo‘limning ish rejalarini ishlab chiqadi, tasdiqlash uchun kiritadi, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi;

Bo‘lim xodimlarini rag‘batlantirish, intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritadi.

Bo‘lim boshlig‘i qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.

  1. Bo‘lim boshlig‘i ish o‘rnida bo‘lmagan vaqtda, xususan xizmat safarida, mehnatga layoqatsizlik davrida uning vazifalari mutaxassislardan biriga yuklanadi. Shuningdek, mutaxassislardan biri ish o‘rnida bo‘lmagan vaqtda uning vazifalari bo‘limdagi boshqa mutaxassisga, agar Bo‘lim 1 ta mutaxassis va Bo‘lim boshlig‘idan iborat bo‘lsa Bo‘lim boshlig‘iga vaqtincha yuklatiladi.
  2. 16.Bo‘lim mutaxassislari:

o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarning ijrosi uchun shaxsan javobgardir;

Boshqarma boshlig‘i va boshliq o‘rinbosari hamda Bo‘lim boshlig‘i tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida ijro etadi;

tuman (shahar) bo‘limlarining hisobot hujjatlarini qabul qiladi.

  1. 17.Bo‘lim boshlig‘i va sanitariya vrachi lavozimiga oliy o‘quv yurtlarining tibbiy-profilaktika fakultetini tamomlagan mutaxassislar tayinlanadi.

5-bob. Yakuniy qoidalar

  1. Bo‘lim qonunda belgilangan hujjatlar asosida qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
  2. Mazkur Nizom talablarini buzgan xodimlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.