Nazoratlarni muvofiqlashtirish va ma’muriy amaliyot bo‘limi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik
va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2023-yil 23-dekabrdagi 79-son buyrug‘iga 9-a-ilova

 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining Nazoratlarni muvofiqlashtirish va ma’muriy amaliyot bo‘limi to‘g‘risida namunaviy

 

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Aholining
    sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-son qarori, “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoni va Qo‘mitaning “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi
    faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2023-yil 11-iyuldagi 32-son buyrug‘iga muvofiq ishlab chiqilgan.
  2. Ushbu Nizom Qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining (keyingi o‘rinlarda – Boshqarma) Nazoratlarni muvofiqlashtirish va ma’muriy amaliyot bo‘limining (keyingi o‘rinlarda — Bo‘lim) vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish va hisobdorligini belgilaydi.
  3. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, boshqa
    normativ-huquqiy hujjatlar, Qo‘mitaning qarorlari, buyruq va ko‘rsatmalariga shuningdek mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

2-bob. Bo‘limning vazifalari va funksiyalari

  1. Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi davlat dasturlari va boshqa istiqbolli rejalarni ishlab chiqishda ishtirok etish hamda amalga oshirish;

O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoni hamda boshqa qonun va qonun osti hujjatlariga asosan ish yuritilishini nazorat qilish;

tadbirkorlik subyektlari va budjet tashkilotlari tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga (SanQvaM) rioya qilinishi bo‘yicha belgilangan tartibda Qoʻmitaning tuman (shahar) bo‘limlari mutaxassislari tomonidan tekshirishlarning o‘tkazilishi ustidan nazorat olib boradi;

yuridik va jismoniy shaxslarning sanitariya-epidemiologiya sohasida qonun buzilish holatlari bo‘yicha ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlarini ko‘rib chiqish;

ma’muriy ishlar bo‘yicha hujjatlarni ijroga qaratish, shuningdek statistika hujjatlarini yuritish, to‘plash va tahlil qilish.

  1. Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
  2. a) aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasida davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish hamda amalga oshirish sohasida:

sanitariya-epidemiologiya sohasida tartibga solishning
tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

o‘tkazilgan tekshirishlarni samaradorligi ustidan nazorat o‘rnatadi;

tekshirish o‘tkazish uchun asos bo‘luvchi hujjatlar to‘g‘ri taqdim etilganligini o‘rganadi va tekshirishlarni samaradorligini oshirish bo‘yicha Boshqarma boshligʻiga takliflar beradi;

Qoʻmitaning tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar tayyorlaydi.

  1. b) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sanitariya-epidemiologiya sohasidagi qonun buzilishlar bo‘yicha ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish sohasida:

huquqbuzarliklarga oid tuzilgan ma’muriy ish hujjatlarini qabul qiladi hamda ko‘rib chiqadi;

ma’muriy ish hujjatlarini ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha ma’muriy javobgarlik qo‘llash yoki ma’muriy ish yurituvni tugatish yoxud ma’muriy ish materiallarini ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzgan mansabdor shaxsga qaytarish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishda qatnashadi va ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish bayonnomasini yuritadi;

sudlar yoki boshqa organlarga yuborish uchun ma’muriy ish hujjatlarini tayyorlaydi va o‘rnatilgan tartibda yuboradi;

huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘llanilgan ma’muriy choralarning ijrosini ta’minlanishi bo‘yicha qaror chiqaradi.

  1. v) ma’muriy amaliyot bo‘yicha hujjatlarni, shuningdek statistika hujjatlarini yuritish, to‘plash, tahlil qilish sahasida:

ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish hamda vakolatli davlat organlari va sudlarga yuborishga oid hujjatlarni yuritadi;

belgilangan tartibda ma’muriy ish hujjatlarining reestrini yuritadi;

Boshqarma tarkibiy tuzilmasining ma’muriy amaliyotga oid ishlariga uslubiy yordam ko‘rsatadi, faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyanomalar va ko‘rsatmalarni ishlab chiqadi;

ma’muriy amaliyot sohasida belgilangan tartibda sud majlislarida ishtirok etadi.

3-bob. Bo‘limning huquqlari va majburiyatlari  

  1. 6. Bo‘lim quyidagi huquqlarga ega.

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining nazoratlarni muvofiqlashtirish bo‘limlari bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qilish;

Bosh davlat sanitariya vrachi topshirig‘iga ko‘ra, boshqa vazirlik va idoralar tomonidan tashkil etilgan viloyat (shahar) hamda boshqa idora va tashkilotlari tadbirlarida (seminarlar, uchrashuvlar va x.k.) bo‘lim vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha Boshqarma nomidan ishtirok etish;

zarur bo‘lgan axborotlarni Boshqarmaning boshqa tuzilmalari, idora va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rab olish;

qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun Boshqarma boshligʻi bilan kelishgan holda, Boshqarma va tuman (shahar) bo‘limlar xodimlarini jalb etish, shuningdek, boshqa vazirlik va idoralarning mutaxassislari va malakali ekspertlarini jalb etish;

Qoʻmitaning tuman (shahar) boʻlimlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarida o‘tkazilgan davlat sanitariya nazorati davomida qonunchilik talablarining buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, bu haqda Boshqarma boshlig‘iga ma’lum qilish va qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yganlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritish.

  1. Bo‘limga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:

o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar va tavsiyalar ishlab chiqish;

Boshqarma majlislari uchun kun tartiblariga mavzular kiritish;

o‘z vakolati doirasida seminarlar va boshqalarni o‘tkazish hamda boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlarda ishtirok etish;

ma’muriy amaliyot masalalariga oid jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish;

yuklangan vazifalarni o‘z vaqtida hamda samarali bajaradi;

ma’muriy ish to‘plamlarini qonuniy hujjatlarda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqish, tayyorlash va kiritish bo‘yicha javobgar hisoblanadi.

4-bob. Bo‘lim faoliyatini tashkil etish va hisobdorligi

  1. 8. Bo‘lim Boshqarmaning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi va Boshqarma boshlig‘iga bo‘ysunadi.

Boʻlim xodimlari mansabdor shaxs hisoblanmaydi.

  1. 9. Bo‘lim o‘z faoliyatini Qo‘mitaning bo‘limlari va yuqori turuvchi idora va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
  2. Bo‘limga Boshqarma boshlig‘i tomonidan ishga qabul qilinadigan va lavozimidan ozod etiladigan bo‘lim boshlig‘i rahbarlik qiladi va o‘z faoliyati doirasida bevosita Boshqarma boshligʻiga bo‘ysunadi.

Bo‘lim xodimlari Boshqarma boshligʻi tomonidan ishga qabul qilinadi va egallab turgan lavozimidan ozod etiladi.

  1. Bo‘lim boshlig‘i:

yuklatilgan vazifalarni bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

Bo‘limning yillik ish rejalarini ishlab chiqadi, tasdiqlash uchun kiritadi, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi;

faoliyatiga oid qonun hujjatlari bo‘yicha takliflar kiritadi;

Bo‘lim xodimlarini rag‘batlantirish, intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida rahbariyatga takliflar kiritadi.

  1. Bo‘lim boshlig‘i ish o‘rnida bo‘lmagan vaqtda, xususan xizmat safarida, mehnatga layoqatsizlik davrida uning vazifalari mutaxassislardan biriga yuklanadi. Shuningdek, mutaxassislardan biri ish o‘rnida bo‘lmagan vaqtda uning vazifalari bo‘limdagi boshqa mutaxassisga, agar bo‘lim 1 ta mutaxassis va bo‘lim boshlig‘idan iborat bo‘lsa bo‘lim boshlig‘iga vaqtincha yuklatiladi.
  2. 13.Bo‘lim mutaxassislari:

o‘ziga yuklangan vazifalarni ijrosi uchun shaxsan javobgardir;

Boshqarma boshligʻi, Boʻlim boshligʻi va yoʻnalish boʻyicha Boshqarma boshligʻi o‘rinbosari tomonidan berilgan topshiqlarni o‘z vaqtida ijro etadi;

tuman (shahar) bo‘limlarning faoliyati bo‘yicha hisobotlar qabul qiladi, jamlaydi va tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi.

  1. Bo‘lim boshlig‘i va mutaxassislari lavozimiga oliy o‘quv yurtlarining tibbiy profilaktika (sanitariya-gigiyena) fakultetini tamomlagan mutaxassislar tayinlanadi.

5-bob. Yakuniy qoidalar

  1. 15. Bo‘lim qonunda belgilangan hujjatlar asosida tashkil etiladi va tugatiladi.
  2. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan xodimlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik
va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2023-yil 23-dekabrdagi 79-son  buyrug‘iga 9-b-ilova

 

 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining tuman (shahar) bo‘limlarining Nazoratlarni muvofiqlashtirish va ma’muriy amaliyot bo‘limi to‘g‘risida namunaviy

nizom

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Aholining
    sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4790-son qarori, “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoni va Qo‘mitaning “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi
    faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2023-yil 11-iyuldagi 32-son buyrug‘iga muvofiq ishlab chiqilgan.
  2. Ushbu Nizom Qo‘mita tuman (shahar) bo‘limining Nazoratlarni muvofiqlashtirish va ma’muriy amaliyot bo‘limi (keyingi o‘rinlarda — Bo‘lim) vazifalari va funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish va hisobdorligini belgilaydi.
  3. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qo‘mitaning qarorlari, buyruq va ko‘rsatmalariga shuningdek mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

2-bob. Bo‘limning vazifalari va funksiyalari

  1. Quyidagilar Bo‘limning vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoni hamda boshqa qonun va qonun osti  hujjatlariga asosan ish yuritilishini nazorat qilish;

tadbirkorlik subyektlari va budjet tashkilotlari tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga (SanQvaM) rioya qilinishi bo‘yicha belgilangan tartibda tekshirishlarni olib borish;

ma’muriy amaliyot sohasida Qoʻmitaning tuman (shahar) boʻlimi nomidan ishtirok etish;

yuridik va jismoniy shaxslarning sanitariya-epidemiologiya sohasida qonun buzilish holatlari bo‘yicha ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlarini ko‘rib chiqish;

ma’muriy ishlar bo‘yicha hujjatlarni ijroga qaratish, shuningdek statistika hujjatlarini yuritish, to‘plash, tahlil qilish.

  1. Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
  2. a) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sanitariya-epidemiologiya sohasidagi qonun buzilishlar bo‘yicha ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish sohasida:

huquqbuzarliklarga oid tuzilgan ma’muriy ish hujjatlarini qabul qiladi hamda ko‘rib chiqadi;

ma’muriy ish hujjatlarini ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha ma’muriy javobgarlik qo‘llash yoki ma’muriy ish yurituvni tugatish yohud ma’muriy ish materiallarini ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzgan mansabdor shaxsga qaytarish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishda qatnashadi va ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish bayonnomasini yuritadi;

sudlar yoki boshqa organlarga yuborish uchun ma’muriy ish hujjatlarini tayyorlaydi va o‘rnatilgan tartibda yuboradi;

huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘llanilgan ma’muriy choralarning ijrosini ta’minlanishi bo‘yicha qaror chiqaradi;

  1. b) ma’muriy hujjatlarni ijroga qaratish, shuningdek statistika hujjatlarini yuritish, to‘plash, tahlil qilish sahasida:

ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish hamda vakolatli davlat organlari va sudlarga yuborishga oid hujjatlarni yuritadi;

belgilangan tartibda ma’muriy ish hujjatlarining reestrini yuritadi.

3-bob. Bo‘limning huquqlari va majburiyatlari

  1. Boʻlim quyidagi huquqlarga ega:

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining nazoratlarni muvofiqlashtirish bo‘limlari bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qilish;

Bosh davlat sanitariya vrachi topshirig‘iga ko‘ra, boshqa idora va tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan tuman ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarda (seminarlar, uchrashuvlar va x.k.) bo‘lim vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha
Qoʻmitaning tuman (shahar) boʻlimi nomidan ishtirok etish;

zarur bo‘lgan axborotlarni Qoʻmitaning tuman (shahar) boʻlimi boshqa boʻlinmalari, idora va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rab olish;

qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun Qoʻmitaning tuman (shahar) boʻlimi rahbari bilan kelishgan holda, Bo‘lim xodimlarini jalb etish, shuningdek, boshqa idora va tashkilotlarning mutaxassislari va malakali ekspertlarini jalb etish;

Qoʻmitaning tuman (shahar) boʻlimi xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarida o‘tkazilgan davlat sanitariya nazorati davomida qonunchilik talablarining buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, bu haqda Qoʻmitaning tuman (shahar) boʻlimi boshlig‘iga ma’lum qilish va qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritish.

  1. Bo‘limga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:

o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar va tavsiyalar ishlab chiqish;

majlislar uchun kun tartiblariga mavzular kiritish;

o‘z vakolati doirasida seminar va boshqalar o‘tkazish hamda boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlarda ishtirok etish;

ma’muriy amaliyot masalalariga oid jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish;

yuklangan vazifalarni o‘z vaqtida hamda samarali bajarish;

ma’muriy ish to‘plamlarini qonuniy hujjatlarda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqish, tayyorlash va kiritish bo‘yicha javobgar hisoblanadi.

4-bob. Bo‘lim faoliyatini tashkil etish va hisobdorligi

  1. Bo‘lim Qo‘mitaning tuman (shahar) bo‘limi tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
  2. Bo‘lim o‘z faoliyatini Qoʻmitaning hududiy boshqarmasi va boshqa idora va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Boʻlim xodimlari mansabdor shaxs hisoblanmaydi.

  1. Bo‘limga Qoʻmitaning tuman (shahar) boʻlimi tomonidan tayinlanadigan Bo‘lim boshlig‘i rahbarlik qiladi va o‘z faoliyati doirasida bevosita Boshqarma boshligʻiga bo‘ysunadi.

Bo‘lim xodimlari Qoʻmitaning tuman (shahar) boʻlimi boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

  1. Bo‘lim boshlig‘i:

yuklatilgan vazifalarni bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

Bo‘limning yillik ish rejalarini ishlab chiqadi, tasdiqlash uchun kiritadi, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi;

faoliyatiga oid qonun hujjatlari bo‘yicha takliflar kiritadi;

Bo‘lim xodimlarini rag‘batlantirish, intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida rahbariyatga takliflar kiritadi.

  1. Bo‘lim boshlig‘i ish o‘rnida bo‘lmagan vaqtda, xususan xizmat safarida, mehnatga layoqatsizlik davrida uning vazifalari mutaxassislardan biriga yuklanadi. Shuningdek, mutaxassislardan biri ish o‘rnida bo‘lmagan vaqtda uning vazifalari bo‘limdagi boshqa mutaxassisga, agar bo‘lim 1 ta mutaxassis va bo‘lim boshlig‘idan iborat bo‘lsa bo‘lim boshlig‘iga vaqtincha yuklatiladi.
  2. 13.Bo‘lim mutaxassislari:

o‘ziga yuklangan vazifalarni ijrosi uchun shaxsan javobgardir;

Boʻlim boshligʻi, Qoʻmitaning tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi tomonidan berilgan topshiqlarni o‘z vaqtida ijro etadi;

Bo‘lim faoliyati bo‘yicha hisobotlar tayyorlaydi.

  1. 14.Bo‘lim boshlig‘i va mutaxassislari lavozimiga oliy o‘quv yurtlarining tibbiy profilaktika (sanitariya-gigiena) fakultetini tamomlagan mutaxassislar tayinlanadi.

5-bob. Yakuniy qoidalar

  1. Bo‘lim qonunda belgilangan hujjatlar asosida qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
  2. Ushbu Nizom talablarini buzgan xodimlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.