Standartlash va metrologiya bo‘limi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasining Standartlash va metrologiya bo‘limi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
- Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Aholining
sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-son qarori, “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoni, Qo‘mitaning “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi
faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2023-yil 11-iyuldagi 32-son buyrug‘iga muvofiq ishlab chiqilgan. - Ushbu nizom Qoʻmitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda – Boshqarma) vazifalari, huquqlari va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish va hisobdorligini belgilab beradi.
- Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qo‘mita qarorlari, buyruq va ko‘rsatmalariga shuningdek mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
2-bob. Bo‘limning vazifalari 4. Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:laboratoriya tadqiqotlari, usullar va uslublarga doir hujjatlarni sohaga joriy etishni muvofiqlashtirish hamda tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshirish;o‘lchov vositalarini tekshirish, qiyoslovdan o‘tkazish, kalibrlash va ta’mirlashni tashkil qilish, o‘lchov vositalarini o‘z vaqtida vakolatli organga topshirish;sinov laboratoriyalari majmuasining moddiy-texnik holatini o‘rganish;vakolatli organ bilan birgalikda Boshqarmada standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;standartlashtirish boʻyicha ishlarni nazorat qilib borish; standartlash va metrologiya bo‘yicha ishlarni rejalashtirish, eskirgan standartlashtirish hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish yoki bekor qilish, yangi xalqaro va davlatlararo standartlarni joriy etish;standartlar fondini yuritish, standartlashtirish hujjatlarining nazorat nusxalarini saqlash, bekor qilingan hujjatlarni o‘z vaqtida qaytarib olish;Bo‘limlarni standartlashtirish hujjatlari, standartlarning mavjudligi, ularning o‘zgarishi va bekor qilinishi to‘g‘risida ma’lumot bilan ta’minlash;laboratoriya mutaxassislari uchun standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha seminarlar o‘tkazish;standartlash va metrologiya sohasidagi tajribalarni tahlil qilish va o‘rganish;o‘lchovlarning bir xilliligini ta’minlash (laboratoriya jihozlarini hisobga olish, o‘lchov ehtiyojlarini monitoring va tahlil qilish);standartlashtirilgan usullarni hisobga olish va ishlab chiqilgan usullarni metrologik ekspertizadan o‘tkazish, davlat standart namunalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, o‘lchov vositalarini tekshirish va kalibrlash bo‘yicha faoliyatni nazorat qilish va muvofiqlashtirish, o‘lchov vositasini metrologik sertifikatlash;uskunalar ishlashini hisobga olish va nazorat qilishning elektron axborot tizimi yaratilishini ta’minlash;boshqa bo‘limlar hamda laboratoriyalar bilan birgalikda, standartlashtirish va metrologik ta’minot bo‘yicha zarur hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda ishtirok etish;kadrlarni standartlash va metrologiya sohasidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni muntazam takomillashtirish;Qo‘mitaning tuman (shahar) boʻlimlariga standartlashtirish va metrologiya yo‘nalishida amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish.
3-bob. Bo‘limning huquqlari va majburiyatlari
5. Bo‘lim quyidagi huquqlarga ega:laboratoriyalarga standartlash va metrologiya talablariga rioya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish;Qoʻmitaning tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlaridan standartlashtirish va metrologiya talablarini bajarilishini, laboratoriya jihozlarini sertifikatlash va ularning texnik holati to‘g‘risida o‘z vaqtida ma’lumot berilishini talab qilish;Qoʻmita tuman (shahar) boʻlimlarining standartlash va metrologiya sohasidagi ishlarini tekshirish va nazoratga olish;laboratoriyalar ish faoliyatini rejalashtirishda ishtirok etish.6. Bo‘lim:rahbariyat tomonidan berilgan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarilishiga;faoliyat davomida amaldagi qonunchilikka rioya qilishga;Bo‘lim faoliyati to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlarni tayyorlash va taqdim etishga majburdir. 4-bob. Boʻlim faoliyatini tashkil etish va hisobdorligi
- Bo‘lim shtatlari Boshqarmaning umumiy shtatlari sonidan kelib chiqib shakllantiriladi.
- Boʻlim oʻz faoliyatida Boshqarma boshlig‘iga bo‘ysunadi hamda Boʻlim faoliyati yuzasidan muntazam ravishda Boshqarma boshligʻiga hisobot berib boradi.
- Bo‘limga Boshqarma boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan bo‘lim boshlig‘i rahbarlik qiladi.
- Bo‘lim o‘z faoliyatini viloyat tashkilotlari va Qoʻmitaning tuman (shahar) boʻlimlari bilan hamkorlikda olib boradi.
- Bo‘lim mutaxassislari o‘z faoliyatlarini lavozim yo‘riqnomasiga muvofiq amalga oshiradilar.
- Bo‘lim boshlig‘i ish o‘rnida bo‘lmagan vaqtda, xususan xizmat safarida, mehnatga layoqatsizlik davrida uning vazifalari mutaxassislardan biriga yuklanadi. Shuningdek, mutaxassislardan biri ish o‘rnida bo‘lmagan vaqtda uning vazifalari bo‘limdagi boshqa mutaxassisga, agar bo‘lim 1 ta mutaxassis va bo‘lim boshlig‘idan iborat bo‘lsa bo‘lim boshlig‘iga vaqtincha yuklatiladi.
- Bo‘lim boshlig‘i:
Boshqarma boshligʻi topshiriqlarini Bo‘lim tomonidan o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga;
sohaga oid qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlarini tasarrufidagi bo‘linmalar hamda muassasalarga ijro va ma’lumot uchun yetkazilishiga javobgar hisoblanadi.
- Boʻlim xodimlari mansabdor shaxs hisoblanmaydi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
- Bo‘lim qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
- Mazkur nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan xodimlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.

