Biz haqimizda

Qashqadaryo viloyati to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar

Qashqadaryo (1943-yil 20 yanvarda tashkil etilgan) respublikaning janubiy  hududida joylashgan bo‘lib o‘zining issiq harorati yuqoriligi bilan boshqa viloyatlardan keskin farq qiladi.

Yer maydoni 28,6 ming kvadrat kilometr tekisliklar, qir-adir va tog‘lardan iborat.

Qashqadaryo viloyati Buxoro, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari hamda Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh.

 

Qashqadaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi  boshqarmasida qurilish, ta’mirlash ishlari bo‘yicha
Qashqadaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat      salomatligi qo‘mitasi viloyat  boshqarmasining asosiy binosi 1967 yilda qurilgan bo‘lib, bino moslashtirilgan. Devorlari  pishiq g‘ishtdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda uning qoshidagi barcha muassasalar moddiy –texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasiga qarashli Sanitariya-gigiena laboratoriya binosini qurilish va rekonstruksiya ishlari Qarshi shahar hokimining 2024-yil 10-dekabrdagi 85-4-69-F/24-sonli qaroriga binoan 28 mlr so‘m miqdoridagi loyiha asosida 2025-yil 2-chorakdan boshlab tender tanlovi asosida amalga oshirilmoqda.

O‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni aniqlash laboratoriyasi yangitdan zamonaviy loyiha asosida qurilgan.

 

 

  • “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tashkilotlarida ichimlik suvi hamda sanitariya-gigiena infratuzilmasini kengaytirishga qaratilgan “Toza qo‘llar” dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025 yil 6 maydagi 297-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi huzuridagi Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Qo‘mitasining 2025 yil 12 maydagi 34-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida boshqarmaning 2025 yil 13 maydagi 29-T-§1-sonli buyrug‘i chiqarildi.
  • Ushbu buyruq yuqori turuvchi tashkilotlarning tegishli qaror va buyruqlari bilan birgalikda boshqarmaning shahar va tuman bo‘limlariga yetkazildi.
  • Viloyatda dastur ijrosi bo‘yicha jami 2114ta muassasa ro‘yhatga olingan bo‘lib, shundan 486 ta MTM, 1233 ta maktab, 16 ta o‘rta maxsus ta’lim tashkiloti, 49ta kasb ta’lim tashkiloti, 7 ta OTM va 323 ta sog‘liqni saqlash muassasasi tashkil etadi. Hozirgi kunda viloyatda “Toza qo‘llar” dasturi bo‘yicha MTM larda 1000 ta, umumta’lim maktablarida 953 ta, o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida 51ta, kasb-hunar ta’lim tashkilotlarida 53 ta, OTM larda 9 ta, DPM larda 1223 ta urganishlar olib borildi. Shuningdek, MTM larda 1049 ta, umumta’lim maktablarida 1025 ta, o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida 52 ta, kasb-hunar ta’lim tashkilotlarida 53 ta, OTM larda 9 ta, DPM larda 1295 ta targ‘ibot ishlari olib borildi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 maydagi PF-88-son “Respublika sog‘liqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va PQ-185-son “Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan topshiriqlardan kelib chiqib, tibbiyot muassasalarida aholi hamda tibbiyot xodimlari uchun qulayliklar yaratishga va tibbiy xizmat sifatini oshirishga xizmat qiluvchi “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar”   dasturini amalga oshirish maqsadida Qashqadaryo viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining 2025 yil 28 mayda №31t&4-sonli buyrug‘i tasdiqlandi. Ushbu buyruq ijrosi bo‘yicha tuman va shahar bo‘linmalaridan mutaxassislar buyruq bilan biriktirilgan. Viloyat miqyosida joylashgan jami 322 ta davolash profilaktika muassasalarida mutaxassislar tomonidan o‘rganishlar o‘tkazilib, haftalik ma’lumotlar berib borilmoqda  Sinov tariqasida qo‘yilgan Kitob tumanining aksariyat davolash muassasalarida 90 kunlik o‘zgarishlar dasturi to‘liq ishlab chiqildi va bugungi kunda ham izchil davom ettirilmoqda.