Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi bo‘limi

O‘zbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2023-yil 23-dekabrdagi 79-son buyrug‘iga 13-ilova

 

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi bo‘limi to‘g‘risida namunaviy

 

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-son qarori, “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoni va Qo‘mitaning “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi
    faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2023-yil 11-iyuldagi 32-son buyrug‘iga muvofiq ishlab chiqilgan.
  2. Ushbu nizom Qo‘mita hududiy boshqarmalarining (keyingi o‘rinlarda — Boshqarma deb ataladi) Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi boʻlimi (keyingi o‘rinlarda – Boʻlim deb ataladi) vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish va hisobdorligini belgilaydi.
  3. Boʻlim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qo‘mitaning qarorlari, buyruq va ko‘rsatmalariga shuningdek mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

2-bob. Boʻlimning vazifalari va funksiyalari

  1. Boʻlimning asosiy vazifalari quyidagilar:

Boshqarmaning bolalar va o‘smirlar masalalariga taalluqli sanitariya-epidemiologik osoyishtaligiga qaratilgan asosiy prinsiplarini ta’minlagan holda, tashkiliy-uslubiy ishlarni olib borish va soha mutaxasislariga rahbarlik qilish;

atrof-muhitni sog‘lomlashtirishga, ovqatlanish sharoitini yaxshilashga, o‘qish, mehnat qilish tartibi va sharoitlarini, jismoniy tarbiya va dam olishni yaxshilashga qaratilgan majmuaviy chora-tadbirlar hamda qator tashkiliy tadbirlarni joriy etish asosida bolalar sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlashga asoslarni yaratish;

ta’lim-tarbiya muassasalarini rejalashtirish, joylashtirish, loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirishda ularning bolalar salomatligiga zararli ta’sirini oldini olish tadbirlarini belgilash;

Bolalar va o‘smirlar muassasalaridagi sharoitlarini sanitariya qoida va normalariga mos kelishi ustidan davlat sanitariya nazoratini oʻtkazish.

  1. Boʻlimning funksiyalari quyidagilar:

ta’lim muassasalari ustidan sanitariya nazoratini tashkil etish, tarbiya, o‘qish, ovqatlanish, dam olish, sport bilan shug‘ullanish sharoitlarini yaxshilash borasida sanitariya-gigiyenik chora-tadbirlarni belgilash;

bolalar va o‘smirlar gigiyenasi bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarning ishlab chiqilishida takliflar kiritish;

ta’lim muassasalari uchun mebel, kiyim-kechak, o‘quv qurollari, sport anjomlari, kompyuter-texnikalariga bo‘lgan gigiyenik talablarni belgilash bo‘yicha ishchi guruh tarkibida ishtirok etish;

bolalar va o‘smirlar obyektlari ustidan olib borilayotgan ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazoratining o‘tkazilishiga uslubiy yordam ko‘rsatish;

ta’lim-tarbiya muassasalarida o‘tkazilgan Davlat sanitariya nazorati natijalari to‘g‘risida tahliliy ma’lumotlar tayyorlash va yuqori turuvchi tashkilot va idoralarga taqdim etish;

ta’lim muassasalariga ishga kirishdan oldin dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishiga oid Sog‘liqni saqlash vazirligining “Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil
29-avgustdagi 200-sonli buyrug‘i ijrosini nazorat qilish hamda mutaxassislarga amaliy yordam ko‘rsatish;

bolalar yozgi dam olish oromgohlarining ichimlik suvi bilan ta’minlanishi,  yotoqxonalarini, oshxonalarini, sport majmualarini, basseynlarini va boshqa qurilmalarini sanitariya talablariga mosligi hamda tibbiy xizmati ustidan sanitariya nazoratini olib borishda uslubiy yordam ko‘rsatish;

bolalar va o‘smirlarni sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligini ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘quv seminarlari, yig‘ilishlar va davra suhbatlari tashkil etish;

bolalar va o‘smirlar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) boʻlimlarining yillik hisobotlarini qabul qilib, tahlilini olib borish;

aholidan tushgan ta’lim-tarbiya muassasalarining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi masalalari bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish va choralarni belgilash;

ota-onalar va bolalar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda gigiyenik o‘qitishlarda ishtirok etish.

3-bob. Boʻlimning huquqlari va majburiyatlari

  1. Boʻlim:

Boʻlim faoliyatini yaxshilash uchun taklif kiritish;

belgilangan vazifa va funksiyalar kelib chiqqan holda, boshqa tarkibiy Boʻlimlardan va tuman (shahar) bo‘limlaridan ish faoliyati uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni so‘rab olish huquqiga ega.

  1. Boʻlim:

Boʻlimga yuklangan vazifalarni sifatli bajarish;

qonun hujjatlari talabiga rioya qilish;

Boshqarma boshlig‘i va yoʻnalish boʻyicha o‘rinbosari topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish.

Boshqarmaning tarkibiy bo‘limlariga yuklangan vazifalar ijrosini ta’minlash uchun so‘ralgan ma’lumot va axborotlarni taqdim etish.

 

4-bob. Boʻlim faoliyatini tashkil etish va hisobdorligi

  1. Boʻlim Boshqarmaning tarkibiy qismi hisoblanib, Boʻlim shtatlari Boshqarmaning shtat me’yorlari asosida belgilanadi.
  2. Boʻlim Boshqarma boshlig‘i va sanitariya masalalari bo‘yicha Boshqarma boshlig‘iga bo‘ysunadi hamda sanitariya masalalari bo‘yicha Boshqarma boshlig‘iga muntazam ravishda hisobot berib boradi.
  3. Boʻlim boshligʻi Boʻlimga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
  4. Boʻlim o‘z faliyatini boshqa bo‘limlar, Sog‘liqni saqlash boshqarmalari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boradi.

Boʻlim xodimlari o‘z faoliyatini lavozim yo‘riqnomalari asosida olib boradi.

  1. Boʻlim faoliyatini Boshqarma boshlig‘i tasdiqlagan (choraklik, yillik) ish rejalari asosida olib boradi.
  2. Boʻlimdagi vrach lavozimlariga tibbiyot oliygohlarining “Tibbiy profilaktika ishi” fakultetini hamda injener lavozimiga Arxitektura va qurilish fakultetlarini tomomlagan mutaxassislar tayinlanadi.
  3. Bo‘lim boshlig‘i:

Bo‘lim faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qiladi, faoliyatini tashkillashtiradi, yo‘naltiradi va nazorat qiladi;

Bo‘limga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

hududiy Sanitariya-epidemiologiya kengashiga muhokama uchun ma’lumotlar tayyorlaydi, shuningdek, Sanitariya-epidemiologiya kengashi qarorlarini bajarilishini ta’minlaydi;

Bo‘limning ish rejalarini ishlab chiqadi, tasdiqlash uchun kiritadi, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi;

Bo‘lim xodimlarini rag‘batlantirish, intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritadi.

Bo‘lim boshlig‘i qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.

  1. Bo‘lim boshlig‘i ish o‘rnida bo‘lmagan vaqtda, xususan xizmat safarida, mehnatga layoqatsizlik davrida uning vazifalari mutaxassislardan biriga yuklanadi. Shuningdek, mutaxassislardan biri ish o‘rnida bo‘lmagan vaqtda uning vazifalari bo‘limdagi boshqa mutaxassisga, agar Bo‘lim 1 ta mutaxassis va Bo‘lim boshlig‘idan iborat bo‘lsa Bo‘lim boshlig‘iga vaqtincha yuklatiladi.
  2. 16.Bo‘lim mutaxassislari:

o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarning ijrosi uchun shaxsan javobgardir;

Boshqarma boshlig‘i va boshliq o‘rinbosari hamda Bo‘lim boshlig‘i tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida ijro etadi;

tuman (shahar) bo‘limlarining hisobot hujjatlarini qabul qiladi.

5-bob. Yakuniy qoidalar

  1. Boʻlim qonun hujjatlarida belgilangan hujjatlar asosida qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
  2. Mazkur nizom talablarini buzgan xodimlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.