Sanepidqo‘mita viloyat boshqarmasi Ovqatlanish gigiyenasi bo‘limi mudiri Ortiq Aminov ishtirokida olingan videorolikda BOTULIZM kasalligining og‘ir va qaytarib bo‘lmas oqibatlari haqida so‘z yuritiladi.
🔈 Mutaxassis tomonidan uy sharoitida tayyorlangan konservalar, saqlash qoidalariga rioya etilmagan oziq-ovqat mahsulotlari inson salomatligi uchun katta xavf tug‘dirishi ta’kidlanadi.
⚠️ Aziz yurtdoshlar!
Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash va saqlashda sanitariya qoidalariga qat’iy amal qiling, shubhali mahsulotlarni iste’mol qilmang.
❗️ Sog‘ligingiz — o‘z qo‘lingizda!
Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.







