Dezinfeksiya bo‘limi
O‘zbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2023-yil 23-dekabrdagi 79-son buyrug‘iga 17-ilova
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining dezinfeksiya bo‘limlari to‘g‘risida namunaviy
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
- Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-son qarori, “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoni, Qo‘mitaning “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi
faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2023-yil
11-iyuldagi 32-son buyrug‘iga muvofiq ishlab chiqilgan ga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, Qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — Boshqarma) Dezinfeksiya bo‘limi vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatining tashkiliy asoslari va hisobot berish tartibini belgilab beradi. - Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, boshqa huquqiy-normativ hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qo‘mitaning qarorlari, buyruq va ko‘rsatmalariga shuningdek mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
- Bo‘lim o‘z faoliyatini davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda va boshqarmalarning tuman (shahar) bo‘limlari orqali amalga oshiradi.
2-bob. Bo‘limning vazifalari va funksiyalari
- 4.Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
yuqumli va parazitar kasalliklar yuzaga kelishi va tarqalishining olidini olishga qaratilgan profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya tadbirlarini o‘tkazilishini tashkil qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
yuqumli va parazitar kasalliklar o‘choqlarini bartaraf etish uchun majmuaviy sanitariya-gigiena, profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda qatnashish;
tuman (shahar) bo‘limlarining dezinfeksiya bo‘limlari mutaxassislariga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish;
dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va chora-tadbirlar o‘tkazish.
- Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Respublika chegaralarida joylashgan sanitariya nazorat punktlarida zararlantirish (dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya) tadbirlarini tashkil etishda ko‘maklashish;
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish va tegishli choralar ko‘rish;
faoliyatida zamonaviy kompyuter texnologiyalari va internet tizimidan samarali foydalanish.
tuman (shahar) bo‘limlariga quyidagi amaliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatish:
bo‘limlarning moddiy-texnik bazasini (dezkamera, asbob-uskuna, zararsizlantirish vositalari) mustaxkamlash;
dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya tadbirlarini o‘tkazishda yangi vosita va usullarini tadbiq etish;
sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlash;
soha mutaxassislarining malakasini oshirish.
dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya va sterilizatsiya mavzulari bo‘yicha seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlarini tashkil etish va o‘tkazish;
aholi o‘rtasida yuqumli va parazitar kasalliklarni tarqalishini oldini olish bo‘yicha xonadonlarda (kasallik o‘choqlarida) joriy va profilaktik dezinfeksiya ishlarini o‘tkazish bo‘yicha sanitariya-gigiyenik bilim ko‘nikmalarga o‘qitish va tarbiyalash;
- 6. Bo‘lim qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
3-bob. Bo‘limning huquqlari va majburiaytlari
- Bo‘lim quyidagi huquqlarga ega:
Bo‘lim faoliyatini yaxshilash maqsadida takliflar kiritish;
Qo‘mitaning boshqa bo‘limlaridan va hududiy boshqarma ish faoliyati uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni so‘rab olish;
aholini yuqumli va parazitar kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha tushunchasini yahshilash maqsadida targ‘ibot materiallarni (maqola, televideniya va radioga matn, eslatma varaqasi, buklet, plakat va h.k.) tayyorlashda ishtirok etish;
yuqumli va parazitar kasalliklar yuzaga kelishi va tarqalishining olidini olishga qaratilgan profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya tadbirlarini o‘tkazilishini tashkil qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish.
Bo‘lim yuqumli va parazitar kasalliklar yuzaga kelishi, shuningdek respublika hududida tarqalishini olidini olish bo‘yicha qonunga zid bo‘lmagan boshqa huquqlarga ham ega bo‘ladi.
- Bo‘limning majburiyatlari:
davlat organlari hamda boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan aholi o‘rtasida yuqumli va parazitar kasalliklarni kelib chiqishi va tarqalishni oldini olinishini ta’minlash ustidan o‘rnatilgan tartibda nazorat olib borish;
yuridik va jismoniy shaxslarning aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklarni kelib chiqishi va tarqalishni oldini olish masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish va tegishli qarorlar qabul qilish;
yuqumli va prazitar kasalliklar bo‘yicha epidemiologik vaziyat va aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklarni kelib chiqishi va tarqalishni oldini olishni ta’minlash borasida ko‘rilayotgan choralar haqida Boshqarma boshlig‘ini xabardor qilish.
4-bob. Bo‘lim faoliyatini tashkil etish
- Bo‘lim xodimlari o‘z faoliyatini lavozim yo‘riqnomalari asosida olib boradi.
- Bo‘limga Boshqarma boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan bo‘lim boshlig‘i vrach-epidemiolog boshchilik qiladi.
- Bo‘lim boshlig‘i:
Bo‘lim faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qiladi, faoliyatini tashkillashtiradi, yo‘naltiradi va nazorat qiladi;
Bo‘limga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi va Boshqarma boshligʻi hamda yoʻnalish boʻyicha Boshqarma boshligʻi oʻrinbosariga hisobot beradi;
Sanitariya-epidemiologiya hay’atiga ko‘rib chiqish uchun ma’lumotlar tayyorlanishini, shuningdek, Sanitariya-epidemiologiya hay’ati qarorlarini bajarilishini nazorat qiladi;
Bo‘limning rejalarini ishlab chiqadi, tasdiqlash uchun kiritadi, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini taminlaydi;
Bo‘limning faoliyatini yaxshilashga oid takliflar kiritadi.
Bo‘lim boshlig‘i qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
- Bo‘lim mutaxassislari:
o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarning ijrosi uchun shaxsan javobgardir;
Boshqarma boshlig‘i va yo‘nalish bo‘yicha boshliq o‘rinbosari tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida ijro etadi.
- Bo‘lim boshlig‘i ish o‘rnida bo‘lmagan vaqtda, xususan xizmat safarida, mehnatga layoqatsizlik davrida uning vazifalari mutaxassislardan biriga yuklanadi. Shuningdek, mutaxassislardan biri ish o‘rnida bo‘lmagan vaqtda uning vazifalari bo‘limdagi boshqa mutaxassisga, agar bo‘lim 1 ta mutaxassis va bo‘lim boshlig‘idan iborat bo‘lsa bo‘lim boshlig‘iga vaqtincha yuklatiladi.
Boʻlim xodimlari mansabdor shaxs hisoblanmaydi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
- Bo‘limni tugatish va qayta tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
- Ushbu nizom talablari buzilishida aybdor xodimlar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2023-yil 23-dekabrdagi 79-son buyrug‘iga 17-a-ilova
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining tuman (shahar) bo‘limlarining Dezinfeksiya bo‘limlari to‘g‘risida namunaviy
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
- Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4790-son qarori, “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoni, Qo‘mitaning “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi
faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2023-yil
11-iyuldagi 32-son buyrug‘iga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, Qo‘mitaning tuman (shahar) bo‘limlari dezinfeksiya bo‘limi vazifalari va funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, faoliyatining tashkiliy asoslari va hisobot berish tartibini belgilab beradi. - Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, boshqa huquqiy-normativ hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qo‘mitaning qarorlari, buyruq va ko‘rsatmalariga shuningdek mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
- Bo‘lim o‘z faoliyatini davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob. Bo‘limning vazifalari va funksiyalari
- 4.Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
yuqumli va parazitar kasalliklar yuzaga kelishi va tarqalishining olidini olishga qaratilgan profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya tadbirlarini o‘tkazilishini tashkil qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
manfaatdor tashkilot va muassasalar bilan birga hududida yuqumli va parazitar kasalliklar o‘choqlarini bartaraf etish uchun majmuaviy
sanitariya-gigiyena, profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda qatnashish;
dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va chora-tadbirlar o‘tkazish.
- Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
hududida yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishda va Respublika chegaralarida joylashgan sanitariya nazorat punktlarida zararlantirish (dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya) tadbirlarini tashkil etishda ko‘maklashish;
dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya va sterilizatsiya mavzulari bo‘yicha seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlarini tashkil etish va o‘tkazish;
manfaatdor idoralar bilan birga yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi manbalarni yo‘q qilishga, antroponoz va zooantroponoz infeksiyali va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish;
aholi o‘rtasida yuqumli va parazitar kasalliklarni tarqalishini oldini olish bo‘yicha xonadonlarda (kasallik o‘choqlarida) joriy va profilaktik dezinfeksiya ishlarini o‘tkazish bo‘yicha sanitariya-gigienik bilim ko‘nikmalarga o‘qitish va tarbiyalash;
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish va tegishli choralar ko‘rish;
faoliyatida zamonaviy kompyuter texnologiyalari va internet tizimidan samarali foydalanish.
- 6. Bo‘lim qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
3-bob. Bo‘limning huquqlari va majburiyatlar
- 7. Bo‘lim quyidagi huquqlarga ega:
Bo‘lim faoliyatini yaxshilash maqsadida takliflar kiritish;
tuman (shahar) boʻlimlarining boshqa bo‘limlaridan va hududiy boshqarma ish faoliyati uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni so‘rab olish;
aholini yuqumli va parazitar kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha tushunchasini yahshilash maqsadida targ‘ibot materiallarni (maqola, televideniya va radioga matn, eslatma varaqasi, buklet, plakat va h.k.) tayyorlashda ishtirok etish;
yuqumli va parazitar kasalliklar yuzaga kelishi va tarqalishining olidini olishga qaratilgan profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya tadbirlarini o‘tkazilishini tashkil qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish.
Bo‘lim yuqumli va parazitar kasalliklar yuzaga kelishi, shuningdek respublika hududida tarqalishini olidini olish bo‘yicha qonunga zid bo‘lmagan boshqa huquqlarga ham ega bo‘ladi.
- Bo‘limning majburiyatlari:
davlat hamda boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan aholi o‘rtasida yuqumli va parazitar kasalliklarni kelib chiqishi va tarqalishni oldini olinishini ta’minlanishi ustidan o‘rnatilgan tartibda nazorat olib borish;
yuridik va jismoniy shaxslarning aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklarni kelib chiqishi va tarqalishni oldini olish masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish va tegishli qarorlar qabul qilish;
yuqumli va prazitar kasalliklar bo‘yicha epidemiologik vaziyat va aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklarni kelib chiqishi va tarqalishni oldini olishni ta’minlash borasida ko‘rilayotgan choralar haqida tuman (shahar) boʻlimi boshlig‘ini xabardor qilish.
4-bob. Bo‘lim faoliyatini tashkil etish va hisobdorligi
- Bo‘lim faoliyati Qoʻmitaning tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan choraklik, yillik ish rejasiga asosan tashkil etiladi.
- Bo‘lim xodimlari o‘z faoliyatini lavozim yo‘riqnomalari asosida olib boradi.
- 11.Bo‘limga tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan bo‘lim boshlig‘i
vrach-epidemiolog boshchilik qiladi. - Bo‘lim boshlig‘i:
Bo‘lim faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qiladi, faoliyatini tashkillashtiradi, yo‘naltiradi va nazorat qiladi;
Bo‘limga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi;
hududiy sanitariya-epidemiologiya kengashiga ko‘rib chiqish uchun ma’lumotlar tayyorlanishini, shuningdek, uning qarorlari bajarilishini nazorat qiladi;
Bo‘limning rejalarini ishlab chiqadi, tasdiqlash uchun kiritadi, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini taminlaydi;
Bo‘limning faoliyatini yaxshilashga oid takliflar kiritadi;
Boʻlim faoliyati yuzasidan Qoʻmitaning tuman (shahar) boʻlimi boshligʻiga hisobot beradi.
Bo‘lim boshlig‘i qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
- Bo‘lim mutaxassislari:
o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarning ijrosi uchun shaxsan javobgardir;
Boʻlimga yuklatilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida ijro etadi.
- Bo‘lim boshlig‘i ish o‘rnida bo‘lmagan vaqtda, xususan xizmat safarida, mehnatga layoqatsizlik davrida uning vazifalari mutaxassislardan biriga yuklanadi. Shuningdek, mutaxassislardan biri ish o‘rnida bo‘lmagan vaqtda uning vazifalari bo‘limdagi boshqa mutaxassisga, agar bo‘lim 1 ta mutaxassis va bo‘lim boshlig‘idan iborat bo‘lsa bo‘lim boshlig‘iga vaqtincha yuklatiladi.
Boʻlim xodimlari mansabdor shaxs hisoblanmaydi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
- Bo‘limni tugatish va qayta tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
- Ushbu nizom talablari buzilishida aybdor xodimlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.

