GRIPP — o‘tkir yuqumli virusli kasallik bo‘lib, yuqori nafas yo‘llarining zararlanishi bilan kechadi. Gripp mavsumiy kasallik hisoblanadi. Mavsumiy ko‘tarilish asosan kuz-qish-bahor oylariga to‘g‘ri keladi. Kasallik bilan barcha yoshdagi kishilar kasallanadi, ayniqsa nimjon bolalar, keksa yoshdagi kishilar, homiladorlik hamda surunkali xastaliklari bo‘lgan hamda tamaki chekuvchi shaxslarga tez yuqadi.
❓ Gripp haqiqatan ham xavflimi?
Gripp ko‘pgina og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, keksalar, yosh bolalar, homilador ayollar va diabet, yurak kasalliklari yoki o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi kabi surunkali kasalliklarga chalinganlar orasida jiddiy kasallik va o‘limga olib kelishi mumkin. Dunyoda har yili 65 yoshdan oshgan 60 mingga yaqin odam grippdan vafot etadi.
Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.







