Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2023-yil 23-dekabrdagi 79-son buyrug‘iga 4-a-ilova

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi to‘g‘risida namunaviy

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-son qarori, “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoni va Qo‘mitaning “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi
    Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi
    faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2023-yil 11-iyuldagi 32-son buyrug‘iga muvofiq ishlab chiqilgan.
  2. Ushbu Nizom Qo‘mita Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining (keyingi o‘rinlarda – Boshqarma) murojaatlar bilan ishlash bo‘limining (keyingi o‘rinlarda – Bo‘lim) asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish va hisobdorligini belgilaydi.
  3. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruq va ko‘rsatmalari, Qo‘mita raisi va Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyruqlari, qarorlari, shuningdek mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

2-bob. Bo‘limning vazifalari va funksiyalari

  1. 4. Bo‘lim quyidagi vazifalarni bajaradi:

hududiy hokimliklarning tegishli bo‘linmalari bilan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari sohasida o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasidan, Bosh prokuratura “Ishonch telefoni”dan, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa manbalardan kelib tushayotgan murojaatlarni ijrosini ta’minlash uchun hududiy bo‘limlarga yuborib, monitoring va nazoratini amalga oshirish;

sohada murojaatlar bilan ishlashni takomillashtirish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirishni tashkil etish.

  1. Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

tarkibiy bo‘linmalar tomonidan murojaatlarning ko‘rib chiqilishini doimiy nazorat qiladi va uning monitoringini olib boradi, ularning o‘z vaqtida va zarur tarzda ko‘rib chiqilishini ta’minlash chora-tadbirlarini olib boradi;

monitoring natijalari bo‘yicha har oyda rahbar va rahbar o‘rinbosarlariga murojaatlar ko‘rib chiqilishining holati to‘g‘risidagi axborotni, zarurat bo‘lganda, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan quyi tizim rahbari, tashkiloti xodimlariga nisbatan javobgarlik choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli takliflar kiritadi va har chorakda murojaatlarning tahlilini tayyorlab, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan
tavsiya-topshiriqlar yuboradi;

murojaatlar bilan ishlashda elektron hujjat aylanishi tizimidan foydalanadi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida ko‘rsatilgan masalalarini har tomonlama va o‘z vaqtida hal qilish maqsadida, murojaatlarda ko‘rsatilgan masalalarni ko‘rib chiqish (hal qilish) bir nechta davlat organlari va tashkilotlarning vakolatiga kirsa, boshqa davlat organlari va tashkilotlarga jismoniy va yuridik shaxsning murojaatini kollegial eshitishni tashkil qiladi;

boshqarma va bo‘limlarning murojaatlar bilan ishlashdagi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tegishli takliflar kiritadi;

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining asosiy tadbirlar rejasiga asosan, sanitariya-epidemiologiya kengashi, hay’at hamda videoselektor yig‘ilishlariga virtual tizim orqali kelib tushgan murojaatlar yuzasidan ma’lumotlar tayyorlab, muhokamaga kiritadi;

quyi tizimdagi tegishli tarkibiy bo‘linmalar faoliyatining uslubiy boshqaruvini muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi;

murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, murojaatlarni o‘z vaqtida sifatli o‘rganib chiqilishi bo‘yicha amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatadi;

faoliyat bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlab, Boshqarma boshlig‘i muhokamasiga kiritadi.

Boshqarmaning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha uslubiy materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish jarayonida ishtirok etadi;

o‘z vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar o‘tkazish hamda boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan shunday tadbirlarda ishtirok etadi.

3-bob. Bo‘limning huquqlari va majburiyatlari

  1. 6. Bo‘lim quyidagi huquqlarga ega:

o‘z faoliyatini yaxshilash maqsadida takliflar kiritish;

Boshqarmaning boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan ish faoliyati uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni so‘rab olish;

Boshqarmaning barcha majlis, yig‘ilish va boshqa tadbirlarida qatnashish;

tezkor masalalarni hal etishda boshqa boshqarma va bo‘lim xodimlari bilan o‘zaro hamkorlikda ishni to‘g‘ri tashkil etish;

murojaatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash va nazorat qilish.

  1. 7. Bo‘lim majburiyatlari quyidagilardan iborat:

ish faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga rioya qilish hamda yuklatilgan vazifalarni talab darajasida bajarish;

o‘ziga yuklatilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash hamda ichki tartib-intizomga rioya etish.

4-bob. Boʻlim faoliyatini tashkil etish va hisobdorligi

  1. Bo‘lim Boshqarmaning tarkibiy qismi hisoblanib, faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunga va shtatlar jadvaliga muvofiq tashkillashtiradi va Boshqarma boshlig‘iga bo‘ysunadi.
  2. Bo‘lim faoliyatini Boshqarmaning nizomi, mazkur nizom va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda tashkil etadi.
  3. Bo‘lim vakolati doirasida tuman (shahar) bo‘limlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirib, ularning yagona tizimini tashkil etadi
  4. Bo‘lim xodimlari faoliyatini lavozim yo‘riqnomalari va Boshqarma boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan ish rejalari asosida olib boradi.
  5. Bo‘lim mutaxassislari lavozimlarida oliy va o‘rta tibbiy ma‘lumotga ega mutaxassislar faoliyat yuritadi.
  6. Bo‘lim xodimlari mansabdor shaxs hisoblanmaydi.
  7. 14. Bo‘lim boshlig‘i tizimli ravishda bo‘lim faoliyati bo‘yicha Boshqarma boshlig‘iga hisobot berib boradi.
  8. Bo‘lim boshlig‘i ish o‘rnida bo‘lmagan vaqtda, xususan xizmat safarida, mehnatga layoqatsizlik davrida uning vazifalari mutaxassislardan biriga yuklanadi. Shuningdek, mutaxassislardan biri ish o‘rnida bo‘lmagan vaqtda uning vazifalari Bo‘limdagi boshqa mutaxassisga, agar Bo‘lim 1 ta mutaxassis va Bo‘lim boshlig‘idan iborat bo‘lsa Bo‘lim boshlig‘iga vaqtincha yuklatiladi.

5-bob. Yakuniy qoidalar

  1. Bo‘lim qonunda belgilangan hujjatlar asosida qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
  2. Ushbu Nizom talablarini buzgan xodimlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik

va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2023-yil 23-dekabrdagi 79-son  buyrug‘iga 4-b-ilova

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tuman (shahar) bo‘limlarining Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi to‘g‘risida namunaviy

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-son qarori, “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoni va Qo‘mitaning “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi
    Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi
    faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2023-yil 11-iyuldagi 32-son buyrug‘iga muvofiq ishlab chiqilgan.
  2. Ushbu Nizom Qo‘mita tuman (shahar) bo‘limlarining Murojaatlar bilan ishlash bo‘limining (keyingi o‘rinlarda – Bo‘lim) asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlarini va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish va hisobdorligini belgilaydi.
  3. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruq va ko‘rsatmalari, Qo‘mita raisi, Boshqarma boshlig‘i va Qo‘mita tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘ining tegishli buyruqlari, qarorlari, shuningdek mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

2-bob. Bo‘limning vazifalari va funksiyalari

  1. 4. Bo‘lim quyidagi vazifalarni bajaradi:

hududiy hokimliklarning tegishli bo‘linmalari bilan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari sohasida o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasidan, Bosh prokuratura “Ishonch telefoni”dan, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa manbalardan kelib tushayotgan murojaatlarni ijrosini ta’minlash uchun hududiy bo‘limlarga yuborib, monitoring va nazoratini amalga oshirish;

sohada murojaatlar bilan ishlashni takomillashtirish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirishni tashkil etish.

  1. Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

tarkibiy bo‘linmalar tomonidan murojaatlarning ko‘rib chiqilishini doimiy nazorat qiladi va uning monitoringini olib boradi, ularning o‘z vaqtida va zarur tarzda ko‘rib chiqilishini ta’minlash chora-tadbirlarini olib boradi;

monitoring natijalari bo‘yicha har oyda rahbarga murojaatlar ko‘rib chiqilishining holati to‘g‘risidagi axborotni, zarurat bo‘lganda, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan javobgarlik choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli takliflar kiritadi va har chorakda murojaatlarning tahlilini tayyorlab, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tavsiya-topshiriqlar yuboradi;

murojaatlar bilan ishlashda elektron hujjat aylanishi tizimidan foydalanadi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida ko‘rsatilgan masalalarini har tomonlama va o‘z vaqtida hal qilish maqsadida, murojaatlarda ko‘rsatilgan masalalarni ko‘rib chiqish (hal qilish) bir nechta davlat organlari va tashkilotlarning vakolatiga kirsa, boshqa davlat organlari va tashkilotlarga jismoniy va yuridik shaxsning murojaatini kollegial eshitishni tashkil qiladi;

Bo‘limning murojaatlar bilan ishlashdagi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tegishli takliflar kiritadi;

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining asosiy tadbirlar rejasiga asosan, sanitariya-epidemiologiya kengashi, hay’at hamda videoselektor yig‘ilishlariga virtual tizim orqali kelib tushgan murojaatlar yuzasidan ma’lumotlar tayyorlab, muhokamaga kiritadi;

faoliyat bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlab, Qo‘mita tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i muhokamasiga kiritadi.

Qo‘mita tuman (shahar) bo‘limi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha uslubiy materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish jarayonida ishtirok etadi;

o‘z vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar o‘tkazish hamda boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan shunday tadbirlarda ishtirok etadi.

3-bob. Bo‘limning huquqlari va majburiyatlari

  1. 5. Bo‘lim quyidagi huquqlarga ega:

o‘z faoliyatini yaxshilash maqsadida takliflar kiritish;

Qo‘mita tuman (shahar) bo‘limining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan ish faoliyati uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni so‘rab olish;

Qo‘mita tuman (shahar) bo‘limining barcha majlis, yig‘ilish va boshqa tadbirlarida qatnashish;

tezkor masalalarni hal etishda boshqa boshqarma va bo‘lim xodimlari bilan o‘zaro hamkorlikda ishni to‘g‘ri tashkil etish;

murojaatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash va nazorat qilish.

  1. 6. Bo‘lim majburiyatlari quyidagilardan iborat:

ish faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga rioya qilish hamda yuklatilgan vazifalarni talab darajasida bajarish;

o‘ziga yuklatilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash hamda ichki tartib-intizomga rioya etish.

4-bob. Boʻlim faoliyatini tashkil etish va hisobdorligi

  1. 7. Bo‘lim Qo‘mita tuman (shahar) bo‘limining tarkibiy qismi hisoblanib, faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunga va shtatlar jadvaliga muvofiq tashkillashtiradi hamda Qo‘mita tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘iga bo‘ysunadi.
  2. Bo‘lim faoliyatini Qo‘mita tuman (shahar) bo‘limining nizomi, mazkur nizom va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda tashkil etadi.
  3. 9. Bo‘lim xodimlari faoliyatini lavozim yo‘riqnomalari va Qo‘mita tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan ish rejalari asosida olib boradi.
  4. Bo‘lim mutaxassislari lavozimlarida oliy va o‘rta tibbiy ma‘lumotga ega mutaxassislar faoliyat yuritadi.
  5. Bo‘lim xodimlari mansabdor shaxs hisoblanmaydi.
  6. 12. Bo‘lim boshlig‘i tizimli ravishda bo‘lim faoliyati bo‘yicha Qo‘mita tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘iga hisobot berib boradi.
  7. Bo‘lim boshlig‘i ish o‘rnida bo‘lmagan vaqtda, xususan xizmat safarida, mehnatga layoqatsizlik davrida uning vazifalari mutaxassislardan biriga yuklanadi. Shuningdek, mutaxassislardan biri ish o‘rnida bo‘lmagan vaqtda uning vazifalari bo‘limdagi boshqa mutaxassisga, agar bo‘lim 1 ta mutaxassis va bo‘lim boshlig‘idan iborat bo‘lsa bo‘lim boshlig‘iga vaqtincha yuklatiladi