Sanitariyagigiyena laboratoriyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2024-yil 25-yanvardagi 8-sonli buyrugʻiga 5-a-ilova

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining  Sanitariya-gigiyena laboratoriyasi toʻgʻrisida namunaviy

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-son qarori, “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoni, Qoʻmitaning “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi
    faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2023-yil
    11-iyuldagi 32-son buyrugʻiga muvofiq ishlab chiqilgan.
  2. Ushbu Nizom Qoʻmita Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining (keyingi oʻrinlarda – Boshqarma)
    Sanitariya-gigiyena laboratoriyasi (keyingi oʻrinlarda – Laboratoriya) vazifalari, huquqlari va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish va hisobdorligini belgilaydi.
  3. Laboratoriya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, boshqa
    normativ-huquqiy hujjatlar, Qoʻmitaning qarorlari, buyruq va koʻrsatmalariga, shuningdek mazkur nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

2-bob. Laboratoriyaning asosiy vazifalari

  1. Quyidagilar Laboratoriyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;

aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasida davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilishda, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (SanQvaN) rioya qilinishi boʻyicha laboratoriya va instrumental tadqiqot usullarini qoʻllagan holda tahlillar, oʻlchovlar hamda kerakli sanitariya gigiyena tadbirlarini ishlab chiqishda zarur boʻlgan tadqiqotlar haqida yoʻnalish boʻyicha Boshqarma boshligʻi oʻrinbosariga obyektiv maʼlumotlar berish;

oziq-ovqat mahsulotlari, xalq isteʻmol mollari, qurilish materiallari,
atrof-muhit omillari, suv, tuproq, atmosfera havosi va sanoat korxonalarida sanitariya-gigienik tahlil (kimyoviy, fizik va fizikaviy-kimyoviy) usullarini (sinovlar/oʻlchovlar) oʻz vaqtida amalga oshirish va takomillashtirib borish;

tuman (shahar) boʻlimlarining sanitariya-gigiyena laboratoriyasi faoliyati samaradorligini oshirish;

Qoʻmita tomonidan tasdiqlangan tahlillar nomenklaturasi asosida sinovlar/oʻlchovlar oʻtkazish;

Laboratoriya moddiy-texnik bazasini mustahkamlab borish;

Laboratoriyada qoʻllaniladigan hujjatlarni takomillashtirib borish;

atrof-muhit obyektlarida, sanoat, ishlab chiqarish va boshqalarda tahlil (sinov/oʻlchov) ishlari olib borish usul (uslub)larini takomillashtirish boʻyicha hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish;

tahlillar (sinovlar), oʻlchov usullarining xavfsizlik koʻrsatkichlari boʻyicha hujjatlarini koʻrib chiqish;

tuman (shahar) boʻlimlarining sanitariya-gigiyena laboratoriyalari ish faoliyati boʻyicha (oylik chorak, yillik) hisobotlarni qabul qilish, umumlashtirish va mavjud huquqiy-meʼyoriy hujjatlar asosida tahlil qilish;

tuman (shahar) boʻlimlarining sanitariya-gigiyena laboratoriyasi mutaxassislariga amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish;

muntazam ravishda rivojlangan xorijiy davlatlar laboratoriya tahlil usul (uslub)larini oʻrganib borish, muvofiqlashtirish hamda amaliyotga joriy yetib borish;

tibbiy hisob-hujjat shakllarini amaliyotda qoʻllash;

Laboratoriya ishlarini rejalashtirish va tashkillashtirish.

3-bob. Laboratoriyaning huquqlari va majburiyatlari

  1. Laboratoriya quyidagi huquqlarga ega:

Boshqarma boshligʻining buyruqlariga muvofiq, laboratoriya xodimlarini kasbiy tayyorlov, qayta tayyorlov va ixtisoslashtirish kurslarida oʻqitish;

Laboratoriyaning hamda tuman (shahar) boʻlimlarining sanitariya-gigiyenaga oid faoliyatini takomillashtirish boʻyicha yoʻnalish boʻyicha Boshqarma boshligʻi oʻrinbosariga takliflar kiritish;

Laboratoriyaga yuklatilgan vazifalar va topshiriqlarni oʻz vaqtida tezkor bajarish yuzasidan tuman (shahar) boʻlimlaridan zarur hisobotlar va maʼlumotlarni soʻrash va olish;

xoʻjalik yurituvchi subyektlar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan shartnoma asosida qonunda belgilangan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish.

  1. Laboratoriyaning majburiyatlari quyidagilar:

aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasida davlat boshqaruvi organlarining hududiy organlari va xoʻjalik birlashmalarining faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilishda, zararli fizik omillarga oʻlchovlar olib borish va baholashning barcha bosqichlarida, jumladan yer maydoni ajratishda, loyihalashtirishda, qurilish va rekonstruksiya ishlarida, bundan tashqari sanoat va ishlab chiqarish obyektlarini foydalanishga topshirishda qatnashish hamda zararli fizik omillarga oʻlchovlar natijalari boʻyicha tegishli sanitariya-epidemiologik xulosa taqdim etish;

oziq-ovqat mahsulotlari, xalq iste’mol mollari, qurilish materiallari, suv, tuproq namunalarining xavfsizlik koʻrsatkichlarini sinovlardan oʻtkazish;

laboratoriya ishini tashkil qilishni takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;

laboratoriya faoliyatida zamonaviy tahlil usullarini (sinovlar/oʻlchovlar) joriy etishda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;

tuman (shahar) boʻlimlarining sanitariya-gigiyena laboratoriyalarini akkreditatsiyadan oʻtishga tayyorlash hamda inspeksiya nazoratida amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish;

tahlillar (sinovlar/oʻlchovlar) oʻtkazishda amalda boʻlgan uslubiy tavsiyalar, standartlar, texnologik shartlar, uslubiy qoʻllanmalar va boshqa turdagi hujjatlardan foydalanish;

laboratoriya tahlil (sinov/oʻlchov) natijalarining haqqoniyligini ta’minlash maqsadida ichki auditni oʻtkazish va malakani baholashda ishtirok etish;

atrof-muhit obyektlari, fizikaviy omillar, oziq-ovqat mahsulotlari, parfyumeriya-pardoz buyumlari, polimer va qurilish materiallari hamda  boshqalarda tahlil (sinov/oʻlchov) ishlarini olib borish usullarini takomillashtirish boʻyicha hujjatlarni tayyorlashda ishtirok yetish;

xodimlarni qayta tayyorlashda, birlamchi ixtisoslikdan oʻtishda ish joylarida stajirovka oʻtash amaliyotini tashkillashtirish;

tuman (shahar) boʻlimlarining sanitariya-gigiyena laboratoriyalari faoliyati boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlash;

Laboratoriyalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha takliflar kiritish;

Boshqarmaning ish rejasi asosida Laboratoriyaning ish rejasini tuzish;

Laboratoriyada sifat menejmenti tizimini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek menejment tizimi hujjatlari, kalibrlash natijalari dasturining bajarilishini nazorat qilish;

xalqaro tashkilotlar, aloqador vazirliklar va idoralar ishtirokida laboratoriyalar faoliyatida foydalaniladigan tegishli tahlillar (sinovlar/oʻlchovlar) boʻyicha oʻquv seminarlari, uchrashuvlar, davra suhbatlari va konferensiyalarda ishtirok etish;

yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari asosida laboratoriya xizmatlarini koʻrsatish;

Boshqarmaning ichki mehnat intizomiga rioya qilish.

4-bob. Laboratoriya faoliyatini tashkil etish va hisobdorligi

  1. Laboratoriya Boshqarmaning tarkibiy qismi hisoblanib, oʻz faoliyatida funksional vazifalari boʻyicha yoʻnalish boʻyicha Boshqarma boshligʻi oʻrinbosariga boʻysunadi va hisobot beradi.
  2. Laboratoriya tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.
  3. Laboratoriya xodimlari faoliyatini lavozim yoʻriqnomalari, Boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlangan ish rejalari asosida olib boradi
  4. Laboratoriyaga oliy tibbiy maʼlumotga ega “Tibbiy-profilaktika ishi” (5510300), oʻrta tibbiy maʼlumotga ega “Laboratoriya ishi” (03.03.03), shuningdek tibbiy maʼlumotga ega boʻlmagan “Kimyo” (5140500) yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar ishga qabul qilinadi.
  5. Laboratoriya mudiri Boshqarma boshligʻi tomonidan ishga qabul qilinadi va lavozimidan ozod etiladi.
  6. Laboratoriya shtat birliklari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
  7. Laboratoriya mudiri:

Laboratoriya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, Laboratoriya ishlarini tashkil etadi va nazorat qiladi;

Laboratoriyaga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

xodimlar oʻrtasida funksional vazifalarni taqsimlaydi;

xodimlarni ishga qabul qilish va lavozimidan ozod qilish, shuningdek ragʻbatlantirish yoki ularni intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida Boshqarma boshligʻiga takliflar kiritadi.

  1. Laboratoriya mudiri boʻlmagan vaqtda vazifalarni yoʻnalish boʻyicha Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari bilan kelishilgan holda, laboratoriya vrachlaridan biri bajaradi.

5-bob. Yakunlovchi qoidalar

  1. 15. Laboratoriyani tugatish yoki qayta tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
  2. Ushbu nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan xodimlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

Oʻzbekiston Respublikasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik

va jamoat salomatligi qoʻmitasining

2024-yil 25-yanvardagi 8-sonli  buyrugʻiga 5-b-ilova

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlimlari Sanitariya-gigiyena laboratoriyasi toʻgʻrisida namunaviy

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-son qarori, “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoni, Qoʻmitaning “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi
    faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2023-yil
    11-iyuldagi 32-son buyrugʻiga muvofiq ishlab chiqilgan.
  2. Ushbu Nizom Qoʻmita tuman (shahar) boʻlimlari Sanitariya-gigiyena laboratoriyasi (keyingi oʻrinlarda – Laboratoriya) vazifalari, huquqlari va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish va hisobdorligini belgilaydi.
  3. Laboratoriya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, boshqa
    normativ-huquqiy hujjatlar, Qoʻmitaning qarorlari, buyruq va koʻrsatmalariga, shuningdek mazkur nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

2-bob. Laboratoriyaning asosiy vazifalari

  1. Quyidagilar Laboratoriyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;

aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasida davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilishda, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (SanQvaN) rioya qilinishi boʻyicha laboratoriya va instrumental tadqiqot usullarini qoʻllagan holda tahlillar, oʻlchovlar hamda kerakli sanitariya gigiyena tadbirlarini ishlab chiqishda zarur boʻlgan tadqiqotlar haqida Sanitariya-gigiyena boʻlimi boshligʻiga obyektiv maʼlumotlar berish;

oziq-ovqat mahsulotlari, xalq isteʻmol mollari, qurilish materiallari,
atrof-muhit omillari, suv, tuproq, atmosfera havosi va sanoat korxonalarida sanitariya-gigienik tahlil (kimyoviy, fizik va fizikaviy-kimyoviy) usullarini (sinovlar/oʻlchovlar) oʻz vaqtida amalga oshirish va takomillashtirib borish;

Laboratoriya faoliyati samaradorligini oshirish;

Qoʻmita tomonidan tasdiqlangan tahlillar nomenklaturasi asosida sinovlar/oʻlchovlar oʻtkazish;

Laboratoriya moddiy-texnik bazasini mustahkamlab borish;

Laboratoriyada qoʻllaniladigan hujjatlarni takomillashtirib borish;

atrof-muhit obyektlarida, sanoat, ishlab chiqarish va boshqalarda tahlil (sinov/oʻlchov) ishlari olib borish usul (uslub)larini takomillashtirish boʻyicha hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish;

tahlillar (sinovlar), oʻlchov usullarining xavfsizlik koʻrsatkichlari boʻyicha hujjatlarini koʻrib chiqish;

muntazam ravishda rivojlangan xorijiy davlatlar laboratoriya tahlil usul (uslub)larini oʻrganib borish, muvofiqlashtirish hamda amaliyotga joriy yetib borish;

tibbiy hisob-hujjat shakllarini amaliyotda qoʻllash;

Laboratoriya ishlarini rejalashtirish va tashkillashtirish.

3-bob. Laboratoriyaning huquqlari va majburiyatlari

  1. Laboratoriya quyidagi huquqlarga ega:

Qoʻmita tuman (shahar) boʻlimi boshligʻining buyruqlariga muvofiq, laboratoriya xodimlarini kasbiy tayyorlov, qayta tayyorlov va ixtisoslashtirish kurslarida oʻqitish;

Laboratoriyaning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha yoʻnalish boʻyicha Sanitariya-gigiyena boʻlimi boshligʻiga takliflar kiritish;

xoʻjalik yurituvchi subyektlar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan shartnoma asosida qonunda belgilangan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish.

  1. Laboratoriyaning majburiyatlari quyidagilar:

aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasida davlat boshqaruvi organlarining tuman (shahar) boʻlimlari va xoʻjalik birlashmalarining faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilishda, zararli fizik omillarga oʻlchovlar olib borish va baholashning barcha bosqichlarida, jumladan yer maydoni ajratishda, loyihalashtirishda, qurilish va rekonstruksiya ishlarida, bundan tashqari sanoat va ishlab chiqarish obyektlarini foydalanishga topshirishda qatnashish hamda zararli fizik omillarga oʻlchovlar natijalari boʻyicha tegishli sanitariya-epidemiologik xulosa taqdim etish;

oziq-ovqat mahsulotlari, xalq iste’mol mollari, qurilish materiallari, suv, tuproq namunalarining xavfsizlik koʻrsatkichlarini sinovlardan oʻtkazish;

laboratoriya ishini tashkil qilishni takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;

laboratoriya faoliyatida zamonaviy tahlil usullarini (sinovlar/oʻlchovlar) joriy etishda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;

Laboratoriyani akkreditatsiyadan oʻtishga tayyorlash;

tahlillar (sinovlar/oʻlchovlar) oʻtkazishda amalda boʻlgan uslubiy tavsiyalar, standartlar, texnologik shartlar, uslubiy qoʻllanmalar va boshqa turdagi hujjatlardan foydalanish;

laboratoriya tahlil (sinov/oʻlchov) natijalarining haqqoniyligini ta’minlash maqsadida ichki auditni oʻtkazish va malakani baholashda ishtirok etish;

atrof-muhit obyektlari, fizikaviy omillar, oziq-ovqat mahsulotlari, parfyumeriya-pardoz buyumlari, polimer va qurilish materiallari hamda  boshqalarda tahlil (sinov/oʻlchov) ishlarini olib borish usullarini takomillashtirish boʻyicha hujjatlarni tayyorlashda ishtirok yetish;

xodimlarni qayta tayyorlashda, birlamchi ixtisoslikdan oʻtishda ish joylarida stajirovka oʻtash amaliyotini tashkillashtirish;

Laboratoriya faoliyati boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlash;

Laboratoriyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha takliflar kiritish;

Qoʻmita tuman (shahar) boʻlimlarining ish rejasi asosida Laboratoriyaning ish rejasini tuzish;

Laboratoriyada sifat menejmenti tizimini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek menejment tizimi hujjatlari, kalibrlash natijalari dasturining bajarilishini nazorat qilish;

xalqaro tashkilotlar, aloqador vazirliklar va idoralar ishtirokida laboratoriyalar faoliyatida foydalaniladigan tegishli tahlillar (sinovlar/oʻlchovlar) boʻyicha oʻquv seminarlari, uchrashuvlar, davra suhbatlari va konferensiyalarda ishtirok etish;

yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari asosida laboratoriya xizmatlarini koʻrsatish;

Qoʻmita tuman (shahar) boʻlimlarining ichki mehnat intizomiga rioya qilish.

4-bob. Laboratoriya faoliyatini tashkil etish va hisobdorligi

  1. Laboratoriya Qoʻmita tuman (shahar) boʻlimlarining tarkibiy qismi hisoblanib, oʻz faoliyatida funksional vazifalari boʻyicha Sanitariya-gigiyena boʻlimi boshligʻiga boʻysunadi va hisobot beradi.
  2. Laboratoriya tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.
  3. Laboratoriya xodimlari faoliyatini lavozim yoʻriqnomalari, Qoʻmita tuman (shahar) boʻlimlarining boshligʻi tomonidan tasdiqlangan ish rejalari asosida olib boradi
  4. Laboratoriyaga oliy tibbiy maʼlumotga ega “Tibbiy-profilaktika ishi” (5510300), oʻrta tibbiy maʼlumotga ega “Laboratoriya ishi” (03.03.03), shuningdek tibbiy maʼlumotga ega boʻlmagan “Kimyo” (5140500) yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar ishga qabul qilinadi.
  5. Laboratoriya mudiri Qoʻmita tuman (shahar) boʻlimlarining boshligʻi tomonidan ishga qabul qilinadi va lavozimidan ozod etiladi.
  6. Laboratoriya shtat birliklari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
  7. Laboratoriya mudiri:

Laboratoriya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, Laboratoriya ishlarini tashkil etadi va nazorat qiladi;

Laboratoriyaga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

xodimlar oʻrtasida funksional vazifalarni taqsimlaydi;

xodimlarni ishga qabul qilish va lavozimidan ozod qilish, shuningdek ragʻbatlantirish yoki ularni intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida Boshqarma boshligʻiga takliflar kiritadi.

  1. Laboratoriya mudiri boʻlmagan vaqtda vazifalarni Sanitariya-gigiyena boʻlimi boshligʻi bilan kelishilgan holda, laboratoriya vrachlaridan biri bajaradi.