Qizamiq – bu yuqori darajada yuqumli virusli infeksiya bo‘lib, ayniqsa bolalar uchun xavflidir. Vaqtida davolanmasa, og‘ir asoratlar qoldirishi mumkin.
🔍KASALLIK BELGILARI:
➡️Yuqori tana harorati (39–40°C)
➡️Burun oqishi, yo‘tal, ko‘z qizarishi
➡️Yorug‘likka sezuvchanlik
➡️Og‘iz ichida oq dog‘lar (Koplik dog‘lari)
➡️Yuzdan boshlab butun tana bo‘ylab tarqaluvchi toshmalar
⚠️ASORATLARI:
🔘O‘pka yallig‘lanishi (pnevmoniya)
🔘Miya yallig‘lanishi (ensefalit)
🔘Quloq infektsiyalari
🔘Kichik bolalarda o‘lim xavfi
✅QANDAY OLDINI OLISH MUMKIN?
🔹Vaqtida emlash – eng ishonchli yo‘l!
🔹Kasallangan bolani alohida saqlash
🔹Shaxsiy gigiyenaga rioya qilish
🔹Aholi orasida vaksina haqida xabardorlikni oshirish
📞Agar bolangizda qizamiqqa o‘xshash alomatlar bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qiling!
🔰Sanepidqoʻmita Dehqonobod
tuman boʻlimi axborot xizmati.







