Qarshi shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
🤝 Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlar va fuqarolarning murojaatlari tinglanib, sanitariya-epidemiologik talablar, tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan muammolar hamda aholini qiziqtirgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
✔️ Ishtirokchilarga o‘z taklif va murojaatlarini bevosita rahbarlarga yetkazish, muammolar yuzasidan tegishli tushuntirishlar olish imkoniyati yaratildi. Murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va mavjud muammolarga amaliy yechim topish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.




Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.







