Pedikulyoz — bitlar keltirib chiqaradigan parazitar kasallik. Ko‘pincha bosh sochida uchraydi va asosan yaqin muloqot, birga o‘qish yoki yashash jarayonida yuqishi mumkin.
🔹 Asosiy belgisi — bosh terisining qattiq qichishishi. Soch orasida mayda bitlar yoki ularning tuxumlari (sirkalar) ham ko‘rinishi mumkin.
❗️ Eslatma: Pedikulyoz uyatli holat emas. Uni yashirish emas, o‘z vaqtida aniqlash va davolash muhim.
✅ Soch va bosh terisini muntazam tekshirib turing.
✅ Shaxsiy taraq, sochiq, bosh kiyim va boshqa buyumlarni birga ishlatmang.
✅ Aniqlansa, shifokor tavsiyasi asosida tegishli davolash choralarini ko‘ring.
Sog‘liqqa e’tibor — kasallikning oldini olishdan boshlanadi.
Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.







