BILIMLAR KUNI — YANGI ORZULAR SARI QADAM!

Bugun yurtimiz maktablarida yangi o‘quv yilining ilk kuni — “Bilimlar kuni” ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda.

✨ Koson tumanidagi 20-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tantanali tadbirda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining viloyat boshqarmasi boshlig‘i To‘lqin Rasulov ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bilimlar kuniga bag‘ishlangan tabrigi o‘qib eshittirilib, o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalarga ezgu tilaklar bildirildi.
✨ Ayniqsa, maktabning 61 nafar 1-sinf o‘quvchisiga Prezident sovg‘asi — maktab sumkalari tantanali ravishda topshirildi.
Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchilarimiz uchun yangi bilimlar, ulkan yutuqlar va yorqin orzular sari dadil qadamlar yili bo‘lsin!
🇺🇿 Birinchi qo‘ng‘iroq — yangi marralar sari chorlov!

Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.