Botulizm kasalligi asosan uy sharoitida tayyorlangan baliq, go‘sht, meva va sabzavot konservalarini iste’mol qilish oqibatida yuzaga keladi. Aholi o‘rtasida botulizm bilan xastalanish asosan noyabr oyidan boshlanib, may oyigacha ya’ni uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarni iste’mol qilish davrida qayd etiladi.
📌Kasallikning klinik belgilari to‘satdan boshlanib, bemorlar xastalik boshlangan vaqtini aksariyat hollarda aniq aytadilar. Botulizm holsizlanish, bosh og‘rig‘i, og‘iz qurishi bilan boshlanadi. Ba’zida bemorda ko‘ngil aynishi, qayt qilish, bosh aylanishi kuzatiladi.
❗️ Kasallikka chalinmay desangiz bozorlar va aholi gavjum bo‘ladigan joylarda fuqarolar tomonidan uy sharoitlarida tayyorlangan konserva mahsulotlarini xarid qilmang!
Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.







