❗️ Quturish — virus sababli kelib chiqadigan, davolanmasa o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan og‘ir kasallikdir.
🧬 Qanday yuqadi?
🐶 Kasallangan hayvon tishlasa yoki tirnasa
💧 So‘lagi jarohat yoki shilliq qavatga tegsa
⚠️ Asosiy belgilar:
😰 Bezovtalik, qo‘rquv hissi
💦 Suvdan qo‘rqish (gidrofobiya)
🤒 Isitma, bosh og‘rig‘i
⚡️ Mushak tortishishi va falajlik
🛡 Nima qilish kerak?
🧼 Tishlangan joyni darhol sovunlab 10–15 daqiqa yuvish
🏥 ZUDLIK bilan shifokorga murojaat qilish
💉 Vaqtida emlash — hayotni saqlab qoladi!
❗️ Unutmang: Quturish alomatlari boshlanganidan keyin davolash juda qiyin. Eng yaxshi himoya — profilaktika va tezkor tibbiy yordam!
💚 O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang!
Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.







