Meningit — bosh miya va orqa miyani o‘rab turgan pardalarning yallig‘lanishi bilan kechadigan jiddiy yuqumli kasallik. U asosan viruslar va bakteriyalar, ba’zan esa boshqa mikroorganizmlar ta’sirida yuzaga keladi.
Kasallik to‘satdan va tez rivojlanishi mumkin. Ayniqsa bolalar va o‘smirlarda ehtiyot bo‘lish muhim.
⚠️ Asosiy belgilari:
🔹 yuqori harorat;
🔹 kuchli bosh og‘rig‘i;
🔹 ko‘ngil aynishi va qayt qilish;
🔹 bo‘yin qotishi;
🔹 yorug‘likka sezuvchanlik;
🔹 holsizlik, uyquchanlik yoki hushning buzilishi;
🔹 ayrim hollarda terida toshmalar paydo bo‘lishi.
🦠 Ayrim turlari havo-tomchi yo‘li orqali yuqishi mumkin. Shuning uchun shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, xonalarni shamollatish, bemor odam bilan yaqin muloqotni cheklash va shifokor tavsiyasi asosida emlanish muhim.
❗️ Esda tuting: meningitni uy sharoitida davolashga urinish xavfli. Yuqoridagi belgilar kuzatilsa, zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilish kerak.
📌 Meningitda vaqtni boy bermaslik — juda muhim!
Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.







