Qoqshol (tetanus) — asab tizimini zararlaydigan, juda og‘ir kechishi mumkin bo‘lgan bakterial yuqumli kasallik.
Uni Clostridium tetani bakteriyasi keltirib chiqaradi. Bakteriyaning sporalari tuproq, chang va turli muhitlarda uchraydi. Ko‘pincha ifloslangan yara, kesilish, teshilish yoki jarohat orqali organizmga kiradi.
Asosiy belgilari:
📌 jag‘ va yuz mushaklarining taranglashishi, og‘izni ochish qiyinlashishi;
📌 bo‘yin va boshqa mushaklarning qattiq tortishishi;
⚡️ og‘riqli mushak tirishishlari;
🫁 og‘ir holatlarda nafas olish qiyinlashishi.
Qoqshol odamdan odamga yuqmaydi, ammo kasallik og‘ir asoratlar va hatto o‘limga olib kelishi mumkin.
🛡 Eng samarali himoya — emlash. Shuningdek, jarohat olganda yarani o‘z vaqtida to‘g‘ri tozalash va tibbiy yordamga murojaat qilish muhim
Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.







