Toksikologiya laboratoriyasi nima bilan shug‘ullanadi?

Toksikologiya laboratoriyasi — inson organizmidagi zaharli moddalar, dori vositalari, og‘ir metallar yoki giyohvand moddalarni aniqlaydigan tibbiy tekshiruv maskani.

📌 Ko‘zimizga ko‘rinmaydigan ayrim zararli moddalar inson salomatligiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. Ularni aniqlashda toksikologiya laboratoriyasining o‘rni muhim.
📌 Bu yerda oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik suvi, ishlab chiqarish muhiti va boshqa namunalar tarkibidagi zaharli va zararli kimyoviy moddalar maxsus zamonaviy usullar yordamida tekshiriladi.
🔬 Laboratoriya tekshiruvlari orqali mahsulot yoki muhitda inson salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan moddalar bor-yo‘qligi aniqlanadi.
Bu ishlar esa:
✔️ aholi salomatligini muhofaza qilish;
✔️ xavfsiz oziq-ovqat va ichimlik suvini ta’minlash;
✔️ ishlab chiqarishda zararli omillarni aniqlash;
✔️ turli zaharlanishlarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Xulosa qilib aytganda, toksikologiya laboratoriyasi — ko‘zga ko‘rinmaydigan xavflarni aniqlab, aholi salomatligini himoya qilishga xizmat qiladigan muhim laboratoriyalardan biridir.

Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.