Gripp tarqalishining oldini olish uchun:
🧼Shaxsiy gigiyena: Qo‘llarni sovunlab yuvish, antiseptiklardan foydalanish va kasallik alomatlari (yo‘tal, harorat) sezilgan shaxslar bilan ijtimoiy masofani saqlash
🌡Harorat rejimi: Ta’lim muassasalarida ichki harorat me’yoriga rioya qilish
🩺Maktab va bog‘chalarda o‘quvchi hamda tarbiyalanuvchilarning sog‘lig‘i ustidan ertalabki tibbiy nazoratni muntazam tashkil etish.
😷 Yo‘talish va aksirishda og‘iz-burunni salfetka yoki tirsak bilan yopish.
🌬 Sinfxona va xonalarni muntazam shamollatish.
🧹 Xonalarni muntazam tozalash va tez-tez tegiladigan yuzalarni dezinfeksiya qilish.
🥗 To‘g‘ri ovqatlanish, yetarli suyuqlik ichish va kun tartibiga rioya qilish.
💉 Grippga qarshi mavsumiy emlashni shifokor tavsiyasiga muvofiq amalga oshirish.

Sanepidqo’mita Kitob tuman bo‘limi axborot xizmati







